Mavzu: Suyak tizimining umumiy anatomiyasi Reja : 1. Suyak turlari va tuzilishi, Suyak to‘qimasi 2. Suyaklanish jarayoni 3. Bo‘g‘imlarning asosiy qismlari
Odam organizmining asosiy vazifalaridan biri uning harakat qilish qobiliyatidir . Bu harakat suyaklar va mushaklar ishtirokida ro‘y beradi. Tayanch -harakat apparati faol harakatchan qism-mushaklar va nofaol qism - suyaklar hamda ularning o‘zaro qo‘shilishidan iborat. Tayanch - harakat a’zolar tizimi organizmning ko‘p qismi ( gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 % i ) ni tashkil qiladi. OSTEOLOGIYA - SUYAKLAR HAQIDAGI ILM Umumiy ma’lumotlar Osteologiya - suyaklarning tuzilishini o‘rganadi . Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmui skeletdir . Skelet (skeleton, grekcha - skeletos ) quritilgan degan so‘zdan olingan . U 200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. Skeletning og‘irligi 5 - 6 kg bo4 lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 % ini , ayollarda 8,5 % ini tashkil qiladi. Skeletni ikki qism : o‘q skeleti va o‘siqcha skeletiga bo‘lish mumkin . 0 ‘q skeleti kalla suyaklari , umurtqa pog‘onasi , qovurg‘alar va to‘sh suyagidan iborat bo‘lsa , o‘siqcha skeleti qo‘l va oyoq suyaklaridan tashkil topgan.
Skelet tayanch -harakat, himoya va biologik vazifalarni bajaradi . 1 . Tayanch vazifasi yumshoq to‘qima va a’zolarining skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi . 2. Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklarning har xil richag hosil qilib , bo‘g‘im orqali birlashishi va nerv tizimi yordamida mushaklar qisqarishi bilan namoyon bo‘ladi. 3. Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo‘shliqlar orqali bajariladi . Masalan, umurtqa kanali orqa miyani , kalla suyaklari bosh miyani , ko'krak qafasi o‘pka va yurakni tashqi ta’sirlardan saqlab turadi . 4. Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy , fosfor , magniy va boshqa elementlar bor. Bundan tashqari , suyaklarning epifiizlarida joylashgan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini bajaradigan qon elementlarini ishlab chiqaradi .
Suyaklarning tasniflanishi : Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi . l. Naysimon suyaklar ikki guruhga bo‘linadi : a) uzun naysimon suyaklar ( yelka , bilak , son va boldir suyaklari ); b) kalta naysimon suyaklar ( qo‘l - oyoq kafti va barmoq suyaklari ). Naysimon suyaklar richag harakatini bajarib, tayanch va mudofaa vazifasini bajaradi . Naysimon suyaklarning o‘rta qismi tanasi - diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak shaklida bo’ladi. Naysimon suyaklarning tanasida ilik bo‘shlig‘i bor. Ularning kengaygan uchi epifiz (epiphysis) deb ataladi . Unda qo‘shni suyak bilan birlashuvchi bo‘g‘im yuzasi (facies articularis ) bo‘lib , u bo‘g‘im tog‘ayi bilan qoplangan . Epifiz asosan g‘ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi . Suyakning g‘ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to‘sinlari orasida bolalar va kattalarda qizil ilik joylashgan. Diafizning epifizga o‘tish joyi metafiz (metaphysis) deyiladi . Bu sohada zich modda yupqalashib kamayib boradi ; metafiz g‘ovak tuzilishga ega.
G‘ovak suyaklar ham ikki guruhga bo’linadi : 1. uzun g‘ovak suyaklarga to‘sh suyagi va qovurg‘alar ; 2. kalta g‘ovak suyaklarga qo‘l - oyoq kaft usti soha suyaklari kiradi . Ular ko‘p qirrali shaklga ega bo‘lib , asosan , g‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib , yupqa zich modda qatlarni bilan qoplangan . 3. Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo‘shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi ( kalla gumbazi , chanoq va kurak suyaklari ). Bu suyaklar : tashqi zich qatlam ( larnina externa) va ichki zich qatiam ( larnina interna ) o‘rtasida joylashgan mayda katakchali g‘ovak moddadan (diploe) tashkil topgan.
4 . Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat . Umurtqaning tanasi tuzilishi jihatidan g‘ovak suyaklarga , ravog‘i va o‘siqchalari yassi suyaklarga kiradi . 5. Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to’la bo‘shliq bo‘ladi . Ularga kallaning peshona , ponasimon , yuqori jag‘ va g‘alvirsimon suyaklari kiradi . Har bir suyakning yuzasida mushaklar , ularning paylari , fassiya , boylamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo‘ladi . Ularni apofizlar (apophysis) deb ataladi . Bularga do‘mboq (tuber), do‘mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va o‘siqcha ( processus ) kiradi . Suyakning yuzalari o‘zaro chekkalar ( margo ) bilan chegaralanadi . Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatchalar (sulcus) yuzaga keladi . Suyakning ichki yuzasida , uning ichiga kiruvchi oziqlantirish teshigi (foramen nutricium ) bo‘ladi .
Suyaklarning tuzilishida suyak to‘qimasi muhim ahamiyatga ega. U metalldek qattiqlikka ega bo‘lib , molekular massasi 1,93 ( suvdan 2 barobar ko‘p). Tirik suyak to‘qimada yoki yangi ajratilgan suyakda 50% suv, 28,15% organik moddalar, jumladan 15,75% yog ‘ va 21, 85% noorganik moddalar bor. Yog‘sizlantirib quritilgan suyakning 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xitin va muguz modda), 2/3 qismini esa noorganik moddalar ( kalsiy tuzlari , ayniqsa ohak orta fosfati - 51,04%, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va pishiq qilsa , organik moddalar uning elastikligini ta’minlaydi .
Suyakning tashqi yuzasi suyak usti pardasi (periosteum) bilan qoplangan . Suyak usti pardasi yupqa pishiq biriktiruvchi to‘qimadan iborat. U suyak ichiga kiruvchi tolalar vositasida suyakka yopishib turadi . Suyak usti pardasi ikki: tashqi tolali fibroz to‘qima qavati va qon tomir hamda nervlarga boy bo ‘ lgan suyak hosil qiluvchi ( kambial ) ichki qavatlardan iborat. Uning kambial qavati suyakka tegib turadi va yosh suyak hujayralarini hosil qilib , suyakning o‘sishida ahamiyatga ega. Suyakning ichida suyak iligi bo‘shlig‘ida va g‘ovak modda katakchalarida suyak iligi bo‘ladi.
Suyak moddasining asosini suyak to‘sinlari hosil qilib , zich va go‘vak moddada ular bir xil joylashmaydi . Zich moddada suyak to‘sinlari bir- biriga parallel yo‘nalgan qatlamlar shaklida bo’lib , ular orasidagi bo‘shliq uncha bilinmagani uchun yaxlit gomogen soya beradi. G‘ovak moddada suyak to‘sinlari turli yo‘nalishda o‘zaro kesishgan bo‘lib , to‘rsimon ko‘rinishni hosil qiladi. Zich va g‘ovak moddalarning nisbati suyaklarning shakli va faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Rentgenogrammada g‘ovak modda suyak to‘sinlariga mos ravishda o‘zaro kesishgan chiziqlar yo‘nalgan katakchalar kabi soya beradi. Chekkada joylashgan zich qatlam ingichka hoshiya ko‘rinishidagi tekis quyuq soya beradi. Rentgenogrammalarda suyak to‘sinlari qancha zich va qalin bo‘lsa , chiziqlar shuncha quyuq , suyak iligi bilan to‘la katakchalar esa qoramtir qismlar shaklida ko‘rinadi .
Suyakning asosiy qismi g‘ovak moddadan iborat. Zich suyak modda kam rivojlangan bo‘lib , suyak chetida yupqa qavatni hosil qiladi. G‘ovak moddada qizil ilik bo‘lib , unda qonning barcha hujayralari hosil bo‘ladi. Yosh bola suyagi tarkibida mineral tuzlar kam , suv va qon tomirlar ko‘p. Bola hayotining dastlabki 6 yilida yirik tolali suyak qatlamli suyak bilan almashinadi va osteonlar hosil bo‘ladi. Ular konsentrik joylashgan bir necha qavat suyak qatlamlaridan iborat. Har bir osteonning ichida nay bo‘lib , unda qon tomirlar va nervlar bor. Suyak ichidagi g‘ovak modda qisman yemirilib , suyak iligi bo‘shlig‘i paydo bo‘ladi. Suyakning qizil iligi yog ’ to’planishi bilan asta-sekin suyakning sariq iligiga aylanadi . Yosh suyakning zichligi kam , g’ovak moddasi yaxshi takomillashmagan . Shuning uchun yosh bolalar suyagi uncha qattiq bo‘lmay , pishiq va bukiluvchan ; qon tomirlarning ko‘pligi suyaklarning oziqlanishi uchun sharoit yaratib beribgina qolmay , har xil yallig‘lanish jarayonlarining tez tarqalishiga ham sabab bo‘ladi.
Suyaklanish jarayoni to‘rt turga bo‘linadi : 1 . Endesmal suyaklanish turida birlamchi suyaklar vujudga keladi . Bunda yosh biriktiruvchi to‘qimaning markazida suyaklanish markazi (centrum ossificationis ) hosil bo’ladi. Suyaklanish markazi yosh suyak hujayralari- osteoblastlardan iborat bo’ladi. Osteoblastlar zo‘r berib ko’payadi va suyaklanish markazi har tomonga qarab nur shaklida qator-qator bo’lib tarqaydi . Osteoblastlar hujayralararo modda ishlab chiqaradi , keyinchalik unda kalsiy tuzlari to’planadi . Osteoblastlar esa suyak modda ichida joylashib , suyak hujayralari ( osteotsitlarga ) aylanadi . Biriktiruvchi to‘qimaning yuza qavati suyak usti pardasiga aylanadi va yosh suyakning ustini qoplaydi . Suyak usti pardasi hisobiga suyak qalinlashadi .
2. Perixondral suyaklanish . Bunda homila hayotining 8-haftasida mezenxima to£qimalardan kelgusida hosil bo'ladigan suyaklar shakli paydo bo’ladi va gialin tog’ayga aylanadi . Tog’ayni tashqi tomondan qoplagan tog’ay usti pardasining ichki qavati yosh suyak hujayralari - osteoblastlarni hosil qiladi . Bu osteoblastlar ko‘payib , suyak qatlarnini hosil qiladi va asta-sekin tog’ay to’qimaning o‘mini egallab , suyakning zich ( kompakt ) moddasiga aylanadi .
3 . Tog‘ay suyaklanib boclganidan keyin tog‘ay usti pardasi suyak usti pardasiga aylanadi . Keyingi davrlarda suyaklarning eniga o’sishi ( yo’g’onlashishi ) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo‘ladi va suyaklanishning bu turi periostal suyaklanish deb ataladi . 4. Endoxondral suyaklanish togaylar ichida tog’ay usti pardasi ishtirokida bo4ladi. Tog’ay usti pardasidan tog‘ay ichiga qon tomirlar bilan birga kirgan biriktimvchi to‘qimadan osteoblastlar hosil bo’ladi . Bu osteoblastlardan paydo bo’lgan suyaklanish nuqtasi tashqariga qarab o’sib , suyakning g’ovak moddasini hosil qiladi . Bu tur suyaklanishda tog’aylar to’g’ridan-to’g’ri suyak moddasiga aylanmaydi , balki yemirilgan tog'ay moddasi o‘mida paydo bo'ladi .
Suyaklarning bir-biri bilan o‘zaro birikishini o‘rganuvchi qismi artrologiya yoki sindesmologiya deb ataladi . Suyaklar birikishi uchta guruxga bo‘linadi : I. Uzluksiz ( xarakatsiz ) birikish . II. Xarakatchan birikish – bo‘g‘imlar . III. Simfizlar yoki yarim bo‘g‘imlar .
UZLUKSIZ BIRLASHMALAR. Suyaklarning uzluksiz yoki xarakatsiz birlashishi uch xilda bo‘linadi . 1.Sindesmozlar - biriktiruvchi to‘qimalar ( fibroz pardalar ) vositasida suyaklarni birbiri bilan birikishiga aytiladi . Fibroz birikishlarga paylar , bog‘lamlar , suyaklararo pardalar yoki membranalar , biriktiruvchi to‘qimali pardalar kiradi . Boylamlar zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Boylamni uchrashish joyiga qarab , tarkibida kollagen yoki elastik tolalar ma‘lum miqdoriy nisbatda bo‘ladi. Masalan, umurtqalar yoyilari orasida uchraydigan sariq boylamlar tarkibida asosan elastik tolalari bo‘ladi. Suyaklarning boylamlar yordamida birikishi ancha pishiq xisoblanib , yelka oldi , boldir , qovurg‘alar orasida uchraydi .
2- Sinxondrozlar – suyaklarni bir biri bilan tog‘ay to‘qimasi vositasida birikishiga aytiladi . Bu birikishlarni xaratchanligi chegaralangan , lekin pishiqligi va kaiyshkokligi ancha yuqori bo‘ladi. Misol qilib umurtqaaro disklarni keltirish mumkin . Umurqaaro disklar kollagen -tolali tog‘aydan tuzilib , ressorlik funktsiyani bajaradi . Yurishda , chopishda , sakrashda , yiqilishlarda silkitish va itarilish kuchini yumshatib , odam tanasini ximoyalaydi . Naysimon suyaklardagi epifiz bilan diafiz orasida joylashgan epifizar tog‘ay tipik sinxondrozga misoli bo‘ladi. Epifizar tog‘ay xisobiga , suyaklar uzoq vaqt davomida bo‘yiga qarab o‘sadi. 20-25 yoshdan so‘ng epifizar tog‘ay yemirilib ketib , sinxondrozdan sinostozga aylanadi . Epifiz bilan diafiz to’liq suyak to‘qima orqali birikib ketadi .
3- Sinostozlar – suyaklarni suyak to‘qimasi vositasida birikishiga aytiladi . Bunday birikishlarda xarakatchanlik yuqolib ketadi , lekin pishiqligi ortadi . Xayot davomida, yoshga qarab o‘zgarishlarga sinxondrozlarni sinostozlarga aylanishini ko‘rsatish mumkin . Masalan, miya qismdagi kalla skeletida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh miya suyaklari bir-biri bilan yumshoq biriktiruvchi to‘qima - sindesmoz orqali birikadi . Rivojlanishning keyingi bosqichlarida sindesmoz sinxondrozga aylanadi va 20-25 yoshlar oraligida sinostozga o‘tadi .
Suyaklarni bir- biriga yaqinlashmasdan , xarakatchan birikishiga bo‘g‘im deb ataladi . Bo‘g‘imlar asosiy va qo‘shimcha elementlardan tashkil topgan. Bo‘g‘imning asosiy elemenlariga bir-biri bilan birikayotgan suyaklarning uchlari yoki bo‘g‘im yuzalari , bo‘g‘im kapsulasi , bo‘g‘im bo‘shlig‘i va bo‘g‘im suyuqligi kiradi . 1. Bo‘g‘im xosil bo‘lishda birikayotgan suyaklarning uchlari yoki bo‘g‘im yuzlari shakl jixatidan bir- biriga mos kelishi kerak. Masalan, bir suyakning uchi yumaloq shaklida bo‘lsa , ikkinchisini uchi sho‘nga yarasha botiq bo‘lishi lozim 2. Bo‘g‘im kapsulasi yoki xaltasi bo‘g‘imni xosil qiluvchi suyaklarning uchlarini va ular o‘rtasidagi bo‘shliqni atrofidan o‘rab turadi . 3. Bo‘g‘im bo‘shlig‘i germetik ravishda yopiq, yoriqsimon bo‘shliq bo‘lib , ichida sinovial suyuqligi joylashgan. Bo‘g‘im bo‘shlig‘i bo‘g‘im yuzalari va sinovial membrana bilan chegeralangan .
Bo’g’imlar klassifikatsiyasi Oddiy, murakkab va aralashgan bo‘g‘imlar farqlanadi . Agar bo‘g‘im xosil bo‘lishda faqat ikkita suyak ishtirok etsa , unda oddiy bo‘g‘im xosil bo‘ladi. Masalan, yelka bo‘g‘imi , falangalararo bo‘g‘imi oddiy bo‘g‘imlar misoli bo’la oladi . Uchta va undan ortiq suyaklar birikishidan murakkab bo‘g‘imlar xosil bo‘ladi. Ba‘zan murakkab bo‘g‘im bir nechta oddiy bo‘g‘imlardan tashkil topib, xar bir bo‘g‘im funksional jixatdan aloxida ish bajarishi mumkin . Masalan, tirsak bo‘g‘imi uchta aloxida oddiy bo‘g‘imlardan tuzilib , atrofdan bitta umumiy kapsula bilan o‘ralganligi sababli , yaxlit anatomik nuqtai nazardan bitta bo‘g‘im deb ko’riladi . Xamkor bo‘g‘imlar juft va undan ortiq bo‘g‘imlarni funksional yig‘indisi bo‘lib , bir bo‘g‘imda xarakatlarni bajarilishi ikkinchi qo‘shni bo‘g‘imda xam shu xarakatni keltiradi . Masalan, chap va o’ng chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imlarining xarakatlari .
Agar bo‘g‘im ikki taraflama xarakat qilsa , ya‘ni bir-biri bilan kesishgan ikki o‘q atrofida aylansa ya‘ni faqat buqilib yozilsa bir o‘qli bo‘g‘im deb ataladi . Uch o’qli bo’g’imlar . Sharsimon va yong‘oqsimon shaklga ega bo‘lgan bo‘g‘imlar eng xarakatchang bo‘g‘imlar xisoblanadi . Masalan, yelka bo’g’imi oddiy, sharsimon shaklga ega, uch o‘qli bo‘g‘im bo‘lib , asosiy xarakatlar uch o‘q atrofida bajariladi . Ikki o’qli bo’g’imlar . Bo‘g‘im ikki taraflama xarakat qilsa , ya‘ni bir-biri bilan kesishgan o‘q atrofida aylansa , ikki o‘qli bo‘g‘im deyiladi . Masalan, bilak suyagi bilan kaft usti suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘im .
Tirsak bo‘g‘imi murakkab, vintsimon shaklga ega, ikki o‘qli . Bo‘g‘imda ko‘ndalang o‘q atrofida buqilish va yozilish xarakati , tikka o‘q atrofida pronatsiya va supinatsiya xarakati bajariladi . Bilak bilan panja o‘rtasidagi bo‘g‘im , murakkab, ellipsimon shaklga ega, ikki o‘qli . Ko‘ndalang o‘q atrofida bukish va yozish xarakatlari , sagittal o‘q atrofida kul panjasini olib kelish va olib qochish xarakatlari bajariladi . Bir o’qli bo’g’imlar . 1. Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqalari o‘rtasidagi bo‘g‘imni buraluvchi bo‘g‘imlarga misol qilib keltirish mumkin . Bu yerda xarakat faqat tishsimon o‘siq atrofida bo‘ladi.
2. Falangalararo bo‘g‘imlar oddiy , g‘altaksimon , bir o‘qli bo‘ladi . Bo‘g‘imni xosil qiluvchi suyaklarning birinchisini uchi g‘altak shaklida ( o‘rtasi botiq , ikki cheti ko‘tarilgan ), ikkinchisining uchi esa sho‘nga mos ( ikki cheti botiq va o‘rtasi ko‘tarilgan bo‘ladi ). Falangalararo bo‘g‘imlarda faqat bitta ko‘ndalang uki bo‘lib , bu o‘q atrofida bukish va yozish xarakati bajariladi . Xamkor ( kombinatsiyalangan ) bo‘g‘imlar . Bir xil bo‘lgan ikki yoki undan ko‘p bo‘g‘imlar birgalikda bir xil xarakatni bajarsa bunday bo‘g‘imlar xamkor bo‘g‘imlar deb ataladi . Masalan , jag‘ bo‘g‘imi , bilak va tirsak suyaklarining yuqori va pastki uchlari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar misol bo’la oladi .