3.1. Tanlov umumiy o‘rta ta’lim tizimlarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
3.2. Tanlov viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etiladi.
3.3. Tanlovda viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’...
III. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
3.1. Tanlov umumiy o‘rta ta’lim tizimlarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
3.2. Tanlov viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etiladi.
3.3. Tanlovda viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari qatnashishlari mumkin.
3.4. Tanlov ishtirokchilarini baholash uchun taalluqli tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tuziladi.
3.5 Tanlovda 2 nafar kitobxon o‘quvchi maktab kutubxonachi kitobxon o‘qituvchi va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning maktab tuman bosqichi:
4.1. Tanlov quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “O‘zbek va jahon adiblari hayoti va ijodi” sharti. Ushbu shartda ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblarning mazmun -mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati, ulug‘ allomalar, adiblar haqidagi savollarni bilet tortish orqali javob beradilar. Bunda ishtirokchilarning tayyorlanishiga 1 daqiqa, javob berishi uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
2-shart. “O‘zbek va jahon adabiyoti bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblardan parcha o‘qiladi, ishtirokchilar tomonidan asarni topish hamda mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida gapirib berish so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchilarning bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan ko‘shimcha savollar berilishi mumkin. Ishtirokchilar kitobdan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.
IV.Tanlovning viloyat bosqichi shartlari va baholash mezonlari
4.2. Tanlov quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Maktab kutubxonasi”. Bunda ishtirokchilar maktab kutubxonasida saqlanayotgan kitob fondi zaxirasidagi kitoblarning miqdori va mundarijasiga qarab 10 ballik mezon asosida baholanadi.
Ishtirokchilar maktab kutubxonasi faoliyati va kutubxonadan o‘quvchilarning foydalanish holatlari haqidagi ma’lumotlar va maktab kutubxonasi aks ettirilgan fotolavhalarni hakamlar hay’atiga takdim etishlari shart.
2-shart. “O‘zbek va jahon adiblari hayoti va ijodi” Ushbu shartda ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblarning mazmun -mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati, ulug‘ allomalar, adiblar haqidagi savollarni bilet tortish orqali javob beradilar. Bunda ishtirokchilarning tayyorlanishiga 1 daqiqa, javob berishi uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
3-shart. “O‘zbek va jahon adabiyoti bilimdoni”
Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblardan parcha o‘qiladi, ishtirokchilar tomonidan asarni topish hamda mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida gapirib berish so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchilarning bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan ko‘shimcha savollar berilishi mumkin. Ishtirokchilar kitobdan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.
Size: 7.13 MB
Language: none
Added: Aug 28, 2025
Slides: 19 pages
Slide Content
ENG KITOBXON MAKTAB Tuzuvchi : Namangan shahar 5-sonli umumta’lim maktabi k utubxona rahbari : Nazarova SH.
“ Kitob – insoniyat uchun eng buyuk kashfiyot , u hech qachon qadrsiz bo‘lmaydi . Kitoblarni sevish , o‘qish va ularni tarqatish milliy yuksalishning eng muhim shartidir .” Sh.M.Mirziyoyev
" O‘qish tasavvurni va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi ." "O‘qish xotira va tafakkurni rivojlantiradi." " O‘qish lug‘at boyligini oshiradi va umumiy o‘zlashtirishni yaxshilaydi ." " O‘qish dunyoni va o‘z-o‘zingni anglashga yordam beradi ." " O‘qish odamlarga muloqot qilishda yordam beradi va chiroyli nutq ko‘nikmalarini rivojlantiradi ." " O‘qish fikrlashni va tahlil qilishni o‘rgatadi ." " O‘qish – maktabda va kattalar hayotida muvaffaqiyatning asosi ." Nima uchun o’qish kerak ?
MAKTABDAGI KUTUBXONANING MAQSADI Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish Ma’naviy immunitetni mustahkamlash Maktab kutubxonalari faoliyatini ommalashtirish
Albert Eynshteyn : " Faqat kitoblar orqali inson o‘z tafakkurini kengaytirishi mumkin ."
BIZNING MAKTABDA 2025-yil tanloviga faol tayyorgarlik Kutubxona fondi boyitilgan Kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda O‘quvchilar va o‘qituvchilar hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
Mark Tven : " Kitob o‘qimagan odam bilan , o‘qiy olmaydigan odamning farqi yo‘q ."
Alisher Navoiy : " Bilim durri kitobdir , kitobsiz ilm yo‘q ."
BIZNING MAQSAD: “ Ilmga oshno , ma’naviyatli , o‘qimishli yoshlarni tarbiyalash !” Kutubxona – maktabning yuragi !
Beruniy : " Kitob – insonning eng sodiq do‘sti . U seni hech qachon tashlab ketmaydi va sen undan doimo yangi narsalar o‘rganasan ."
Mahmud Qoshg‘ariy : " Kitob – donishmandlikning kaliti ."
Abu Nasr Forobiy : " Insonning hayoti davomida orttirgan eng katta boyligi bu kitoblardan olingan bilimlardir ."
Abu Ali ibn Sino: "Men ko‘p kitob o‘qib , juda ko‘p narsalarni o‘rgandim . Kitoblar bilan muloqot qilish – mening eng katta ilmiy yutuqlarim manbai bo‘ldi ." " Yaxshi kitob – sodiq do‘st ." Ahmad Donish : "Agar millatning kelajagini yorqin ko‘rishni istasangiz , avvalo uning yoshlari kitob o‘qishini ta’minlang ."
Abdulla Qodiriy : " O‘qish – jaholatdan qutulishning yagona yo‘lidir , kitob – ilmning eshigidir ."
Mirzo Ulug‘bek : " Kitob – bilim manbai , bilim esa insonni yuksaklikka eltuvchi yo‘ldir ."