Mavzu : Davlat byudjeti,soliqlar va davlat qarzi Reja : Davlat byudjeti tushunchasi va mohiyati . Soliqning turlari,vazifalari va asosiy prinsipi . Davlatning ichki va tashqi qarzi . Qarzdorlikning sabablari va oqibatlari . Davlat moliyasi:byujet,soliqlar va qarz o’rtasidagi bog’liqlik .
Byudjet ( ing . budget – hamyon , mablagʻ ) – belgilangan muddat uchun ishlab chiqilgan , meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi . Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt ( odatda bir yil ) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui . Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib , u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi . Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat byudjeti va mahalliy byudjet ( hududiy tuzilmalar — oʻlka , viloyat , tuman va hokazo doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari ) ga boʻlinadi . Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi . Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar ( milliy xavfsizlikni taʼminlash , jamoat tartibini saqlash , atrof-muhitni himoya qilish , nochorlarga yordam berish , aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi .
Byudjet daromadlari soliqlar , soliqdan tashqari yigʻimlar , davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi . Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq . Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa , byudjet taqchilligi , yaʼni kamomadi yuzaga keladi . Kamomad miqdori mamlakat yalpi mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi . Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi . Davlat byudjeti , odatda , joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi . Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin . Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ ya’ni parlament tomonidan tasdiqlanadi .
“ Byujet kamomati ” deganda davlat byujeti daromadlari va harajatlari o’rtasidagi salbiy tushuncha tushuniladi va buning sabablari : Davlat xarajatlari ortib ketishi Soliq tushumlarining kamayishi Iqtisodiy inqiroz va pasayish Moliyaviy intizomning zaifligi Uni qoplash usullari ; Davlat qarz olishi Soliqlarni oshirishi yoki yangi soliqlarni joriy qilish Davlat mulkini sotish Xarajatlarni qisqartirish
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd . soʻm ) ga teng boʻldi . Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi , xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega . Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „ Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida “ qonuni (2000-yil 14-dekabr) ga muvofiq olib boriladi
Soliq , davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi . Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi . Shuningdek , soliq iqtisodiy turkum sifatida , sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib , moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.Davlat tomonidan undirilgan Soliq byudjet vositasida qayta taqsimlanib , soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash , maorif , ilm-fanni rivojlantirish , mudofaa , xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi .
Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari , uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari , soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24 aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi . Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqi : yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligi ; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi ; qoʻshilgan qiymat soligʻi ; aksiz soligʻi ; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq ; ekologiya soligʻi ; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq . Umumdavlat Soligʻi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi .
Mamlakatimizda quyidagi soliq turlari mavjud : yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’I - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - qo‘shilgan qiymat solig‘i - aksiz solig‘i - yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - mol-mulk solig‘i - yer solig‘i - benzin , dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq .
📌 Soliqning vazifalari Fiskal vazifa – davlat byudjetini shakllantirish , ya’ni davlat xarajatlarini qoplash uchun mablag ‘ yig‘ish . 2. Iqtisodiy tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni , iste’molni va investitsiyalarni rag‘batlantirish yoki cheklash . 3. Ijtimoiy vazifa – aholining turli qatlamlari o‘rtasida tenglikni ta’minlash ( boylardan ko‘proq , kam ta’minlanganlardan kamroq soliq olish ). 4. Nazorat vazifasi – davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini kuzatib borishi , yashirin iqtisodiyotni kamaytirishi .
Davlat qarzi — bu davlatning ichki va tashqi manbalardan olingan barcha qarzlari yig‘indisidir . Oddiy qilib aytganda , davlat byudjeti xarajatlarini qoplash yoki muayyan loyihalarni moliyalashtirish uchun hukumat qarz olishi mumkin .
Davlat qarzi nima uchun olinadi ? Byudjet taqchilligini yopish uchun . Ijtimoiy , iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun . Favqulodda vaziyatlar ( masalan , tabiiy ofatlar yoki inqiroz )da qo‘shimcha mablag ‘ zarur bo‘lganda . Davlat qarzining ijobiy tomonlari : Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyati . Qisqa muddatda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash . Xalqaro hamkorlikni kengaytirish . Salbiy tomonlari : Haddan tashqari qarzdorlik iqtisodiy mustaqillikka xavf tug‘dirishi mumkin . Foiz to‘lovlari byudjetga katta yuk bo‘ladi . Agar samarali ishlatilmasa , qarz iqtisodiy rivojlanishga emas , balki inqirozga olib kelishi mumkin .
Davlat moliyasi : byudjet , soliqlar va qarzdorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik Davlat moliyasi — bu davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar tizimi . Uning asosiy manbai soliqlar bo‘lib , ular orqali davlat byudjeti shakllantiriladi . Byudjetdan esa ta’lim , sog‘liqni saqlash , infratuzilma va mudofaa kabi xarajatlar moliyalashtiriladi . Agar soliqlar davlat xarajatlarini qoplashga yetarli bo‘lmasa , davlat qarz olish orqali moliyaviy resurslarni to‘ldiradi . Shu tariqa soliqlar — daromad manbai , byudjet — mablag ‘ taqsimoti , qarzdorlik esa yetishmayotgan mablag‘ni qoplash vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir .