DAVOMI.pptxrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr

rarenodirjon 0 views 23 slides Oct 07, 2025
Slide 1
Slide 1 of 23
Slide 1
1
Slide 2
2
Slide 3
3
Slide 4
4
Slide 5
5
Slide 6
6
Slide 7
7
Slide 8
8
Slide 9
9
Slide 10
10
Slide 11
11
Slide 12
12
Slide 13
13
Slide 14
14
Slide 15
15
Slide 16
16
Slide 17
17
Slide 18
18
Slide 19
19
Slide 20
20
Slide 21
21
Slide 22
22
Slide 23
23

About This Presentation

rrrrrrrrrrrrrrrrrrrr


Slide Content

Loyihani tanlash Tasavvur qiling , bir IT kompaniya ikki xil loyiha taklifini ko‘rib chiqmoqda : Yangi mobil ilova yaratish Eskirgan dasturni yangilash Ikkalasining ham foydasi bor , lekin kompaniyada faqat bitta loyihaga yetadigan mablag ‘ va mutaxassis bor. Yangi ilova katta daromad olib kelishi mumkin , lekin xatarlari ko‘p ( bozorda qanday qabul qilinadi noma'lum ). Eski dasturni yangilash esa kamroq xatarli , lekin unchalik ko‘p foyda keltirmaydi . Kompaniya bu loyihalardan birini tanlashdan oldin qaysi biri ko‘proq tavakkalga ega , qaysi biri foydaliroq , va resurslar yetarlimi kabi savollarni o‘rganadi . Bu loyiha tanlash jarayonining o‘zi tavakkal tug‘diradi va shu tavakkallarni hisobga olgan holda tanlov qilinadi . Bu esa loyiha portfeli boshqaruvi orqali amalga oshiriladi .

Loyihada xodimlar , resurs va vaqtni aniqlashtirish Bir universitet axborot tizimlarini yangilamoqchi . Ular uchta loyiha tanlashni ko‘rib chiqmoqda : Onlayn kutubxona tizimini yaratish Talabalar uchun mobil ilova ishlab chiqish Ichki moliyaviy boshqaruv tizimini yangilash Agar universitet bu loyihalarning tavakkalini yaxshi baholamasa ( masalan , qaysi biri ko‘proq xodim talab qiladi , qaysi biri tez yakunlanadi , qaysi biri katta xarajat talab qiladi ), va bir vaqtning o‘zida hammasini boshlasa , resurslar yetmaydi va loyihalar oxiriga yetmay qoladi . Shuning uchun , loyiha portfeli boshqaruvi bu loyihalarni ustuvorlikka qo‘yib , qaysi birini qachon boshlash kerakligini , tavakkaliga qarab rejalashtiradi .

Ko‘plab texnik loyihalarda rejalashtirishga befarqlik yoki qarshilik mavjud . Bu quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin :

Loyiha darajasida Ko‘plab loyiha rahbarlari loyiha rejalashtirishdan qochish uchun turli sabablarni keltiradilar . Ba’zilar aytadiki , o‘zgarishlar juda tez-tez sodir bo‘ladi , shuning uchun reja tuzish foydasiz . Boshqalar rejalashtirish foydali ekanligini bilsa ham, o‘z vaqtining ozligini bahona qilib , faqat “ haqiqiy ish ” bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radi . So‘nggi vaqtlarda esa , “Internet davrida rejalashtirish vaqt sarfidir ” degan fikr keng tarqalmoqda .

Ko‘p hollarda loyihalar shunchaki "bu ish foyda keltiradi " degan taxmin asosida boshlanadi .

Ikki usuli

Misol Tasavvur qiling , siz IT bo‘limida yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqyapsiz . Tashkilotda hech qanday loyiha rejalashtirish tizimi yo‘q . Boshqa xodimlar “ reja tuzib o‘tirish foydasiz ” deb o‘ylashadi . Siz esa , yashirincha : Loyihaning maqsadlarini yozib chiqasiz Ishni bosqichlarga ajratasiz Har bir bosqichga mas’ul va muddat belgilaysiz Har hafta bajarilgan ishni nazorat qilasiz Natijada , sizning loyihangiz vaqtida va sifatli yakunlanadi . Boshqalar esa ko‘p xatolik va kechikishlar bilan qiynaladi . Bu holatni keyinchalik rahbarlarga misol qilib ko‘rsatib , “ qarang , yaxshi boshqaruv qanday foyda keltirdi ” deb ularni ishontirishingiz mumkin .

Loyiha boshqaruvi quyidagi afzalliklarni beradi :

Lekin , loyiha boshqaruvi xarajatsiz emas :

Holat 1: Rejalashtirishsiz loyiha Avvalgi loyiha rahbari hech qanday reja tuzmagan , talablar yozilmagan , ishlar og‘zaki kelishilgan . Natijada : Dizayn uch marta o‘zgartirilgan Dasturchilar ishdan ketgan Mijoz norozilik bildirgan 3 oylik loyiha 6 oyga cho‘zilgan Holat 2: Siz rejalashtirish kiritgansiz Siz loyiha boshlanishida : Mijoz bilan to‘liq talablarni aniqladingiz Ishlarni bosqichma-bosqich rejalashtirdingiz Har haftada natijalarni baholadingiz Natijada : Vaqtida tugadi Hech qanday jiddiy o‘zgarish bo‘lmadi Jamoa stresssiz ishladi Mijoz mamnun bo‘ldi Endi siz bu ikki loyiha o‘rtasidagi farqni rahbarlarga ko‘rsatib : " Rejalashtirishga 1 hafta vaqt ajratdik , lekin 3 oy vaqt yutdik " deb aniq foydani isbotlab bera olasiz .

Loyiha boshqaruvi jarayonlarining foydasini isbotlash uchun mantiqiy modellardan ham foydalanish mumkin . Asosan shunday fikr ilgari suriladi : loyiha kattalashgan sari uni boshqarish murakkablashadi , va yaxshi natija olish uchun rejali ishlash zarur bo‘ladi .

Misol 1. Kichik loyiha : Login ekranini yaratish . → Buni dizayner va dasturchi og‘zaki kelishib bajaradi . Natija yaxshi . Hech qanday loyiha boshqaruvi kerak emas . 2. O‘rta loyiha : To‘liq foydalanuvchi profili moduli: sozlamalar , avatar yuklash , maxfiylik sozlamalari . → Agar rejasiz boshlansa , talablar tushunarsiz bo‘ladi , kod ikki marta yoziladi , vaqt cho‘ziladi . → Agar “to-do list” va oddiy jadval bo‘lsa , ish ancha silliq ketadi . 3. Katta loyiha : Butun ilovani to‘liq ishlab chiqish (backend, mobil , UI/UX, sinov ). → Loyiha rejasiz boshlandi : talablar doim o‘zgaradi , guruhlar moslashmaydi , xarajat 3 barobar ortadi . → Keyingi safar loyiha boshqaruv metodologiyasi qo‘llaniladi ( masalan , Agile yoki PMBOK), va loyiha vaqti va narxi oldindan taxmin qilinadi , risklar erta aniqlanadi .