Jismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslublari 2.pptx

bahromjonmamajonov93 3 views 7 slides Sep 05, 2025
Slide 1
Slide 1 of 7
Slide 1
1
Slide 2
2
Slide 3
3
Slide 4
4
Slide 5
5
Slide 6
6
Slide 7
7

About This Presentation

Jismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslublari 2.pptxJismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslublari 2.pptxJismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslublari 2.pptxJismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslublari 2.pptxJismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslublari 2.pptxJismoniy tarbiyaniQng umumpedagogik uslu...

Slide Content

Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik uslublari. Idrok qilishning ko’rgazmali uslublari.

Idrok qilishning ko’rgazmali uslublari Ushbu guruh uslublari o’rganiladigan harakatni ko’rib va eshitib idrok etilishini ta‘minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik darajasini ko’rish, ba‘zan eshitish ham shug’ullanuvchilarda harakatlar to’g’risida ko’proq va har tomonlama tasavvur tug’diradiki, kelgusida ularni qayta tiklash uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Idrok etishning ko’rgazmali tamoyilini singdirishda ko’rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami bilan o’quvchi o’rganiladigan harakat obrazini shakllantirishda jonli mushohada qilish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, bir xil odamlarda ko’rib idrok etish, boshqalarida eshitib idrok etish yaxshiroq rivojlangan. O’qituvchi ta‘limda uslublar qo’llanishini individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning etakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o’rgatish vaqtida idrok etishning barcha ko’rgazmali uslublaridan foydalanish zarur. Uslublarning yaxshi natija berishi ko’pincha o’quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko’rsatadi. Ayniqsa, bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta ahamiyatga ega. Ularda jonli misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilish qobiliyati kuchli rivojlangan. Shu bilan birga, har xil yoshdagi bolalarda bu bir xil emas. Masalan, kichik yoshdagilarda sezgi idroki kuchli rivojlangan. Idrok etishning ko’rgazmali uslublaridan foydalanish ta‘limning bosqichlariga bog’liq. Dastlabki bosqichlarda ulardan xiyla tez-tez foydalaniladi. Mukammallashtirish bosqichida ulardan yuzaga kelgan xatolarni to’g’rilash uchun foydalanadilar. Barcha qayd etilgan ta‘lim uslublari ko’rgazmali idrok qilinadigan harakatni o’quvchilarga faqat tushunarli qilib etkazilganida va ularni faollikka yo’naltirgan taqdirdagina ta‘sirchandir. Aks holda bu uslublar ermakli tasvirga, o’quvchilar esa passiv mushohadachilarga aylanib qoladilar. Natijada bolalar harakatni tahlil qilishni o’rgana olmaydilar va faqat e‘tiborni tashqi tomonga qaratadigan bo’ladilarki, ularning ruhiy jarayonlari faolligi pasayadi, mulohaza esa bir yoqlama bo’lib qoladi.  

Harakatni ko’rsatish O’qituvchining (yoki o’qituvchi topshirig’i bilan o’quvchilarning) harakatni ko’rsatishi ta‘limning eng o’ziga xos uslublaridandir. Ta‘lim asosida ko’rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi. O’quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir necha omillari bilan aniqlanadi 1.ko’rilgan harakatni tahlil qila bilish qobiliyati; 2.bolaning ruhiy-fiziologik rivojlanishi muvofiqligi bilan qayta tiklanadigan mashqning murakkabligi optimal bo’lishi kerak; 3.taqlid qilinadigan harakatlar to’g’risida o’quvchining bilim darajasi bilan to’laligini tasavvur qilish; 4.taqlid qilish uchun o’z-o’zini nazorat qilish va o’z vaqtida sifatli nazoratning mavjudligi.

Jismoniy mashqni ko’rsatishga ba‘zi bir uslubiy talablar: 1.Ko’rsatish har doim so’zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog’i kerak. Ko’rsatish va so’zning nisbati mazmuni bo’yicha, vaqtlar bo’yicha taqsimlanishi va qo’llanish tezligi ta‘limning aniq tarkib topgan vazifalari va pedagogik vazifalar bilan belgilanishi kerak. 2.Ko’rsatishning mazmuni ta‘limning vazifalariga muvofiq bo’lishi majburiydir: 3.birinchi ko’rsatish, odatdagidek, jismoniy mashq bajarilishining standart texnikasi to’g’risida yaxlit tasavvur berishi kerak. U qayta tiklash uchun o’quvchilarga oson bo’lish darajasida amalga oshiriladi; 4.agar harakatni qanday egallash mumkinligini ko’rsatish talab qilinsa, u holda ko’rsatishda ko’nikmaning yuqori darajasini ifodalovchi individuallashtirishning texnik bajarilishini aks ettirish kerak; 5.qachon kuchlanish berilishini ta‘kidlash va ayrim harakatlarga o’quvchilar diqqatini jalb qilmoq zarur, ko’rsatishda aynan ana shu lahzalar ta‘kidlanadi; ko’proq ko’rgazmalilik uchun ba‘zan o’rganilanayotgan harakatning faqat qismini ko’rsatadilar, harakatning tezligi kamaytiriladi, tanaffus qilinadi. 5.Ko’rsatish vaqtida o’qituvchining emotsional holatida o’quvchilar taqlid qilishga intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o’quvchilarning bilish faolligini oshirish uchun foydalanish zarur. 6.Oynali ko’rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdir.

Ko’rgazmali o’quv qurollari namoyishi Ko’rgazmali qurollar namoyishi o’quvchilar harakatni predmetli tasvir yordami bilan idrok etishi uchun qo’shimcha imkoniyat yaratadi. Ko’rgazmali o’quv qurollarining har qaysi turini namoyish qilish ba‘zi - bir uslubiy qoidalarni hisobga olish bilan o’tkazilishi kerak. Plakatlarda aks etgan lahzalarni harakatda ko’rsatish qiyin. Shuning uchun tasvirlashni detallardan ozod qilish zarur, ular o’quvchilarni asosiy harakatlardan chalg’itishi mumkin. Ko’rgazmali idrokning natijalarini tekshirish uchun o’qituvchining savollari va o’quvchining javoblari foydalidir. Plakatlar namoyishi texnikasiga yagona talab bo’lishi mumkin emas. Ta‘limning vazifalaridan kelib chiqib, o’quvchilar diqqatini aniq vazifalarga jalb qilish maqsadida plakatlarni dars davomida yoki ular bilan oldindan tanishish uchun navbatdagi dars oldidan osib qo’yish mumkin. Doskada bo’r bilan rasm chizish, agar o’qituvchi ularni etarlicha mahorat bilan bajarishga qodir bo’lsa, plakatlar oldida ba‘zi bir ustunliklarni egallaydi, ammo ularni to’la almashtira olmaydi. Birinchidan, harakatning ayrim unsurlarini izchil tasvirlab, binobarin, o’quvchilarning diqqatini bu unsurlarga navbatma-navbat jalb qilib, harakat fazalari izchilligi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin. Ikkinchidan, rasmlar bolaning diqqatini chalg’itmaydigan, juda oddiy bo’lishi kerak. Uchinchidan, doskadagi rasmlar namoyish qilishning juda tezkor uslubidir. O’qituvchining rasm chizish qobiliyati o’quvchiga hissiy va estetik ta‘sir o’tkazishda katta ahamiyatga ega, bundan tashqari, o’quvchilar ishtirokida bajarilgan tasvirlar ularni harakatning bajarilishini obrazli tarzda o’ylab ko’rishga, o’z xatolarini topishga undaydi. Predmetli vositalarni qo’llash didaktik imkoniyatlarni nisbatan kam egallaydi, ammo, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarga etarlicha hissiy ta‘sir ko’rsata oladi (masalan, darsda qo’g’irchoq – bu har doim qiziq bo’lgan). Kinofilm namoyishi talay texnikaviy qiyinchiliklarni tug’dirsada, pedagogik jarayon davomida uni ko’rsatish ulkan didaktik imkoniyatlar yaratadi. Kinofilm yordami bilan harakatning yuqori sport malakasi darajasida bajarilishini, shuningdek, uning barcha detallarini ilg’ab olish uchun har xil tekislikda, yirik hajmda va yaxlit holda ko’p marta namoyish qilish mumkin. Harakatlarni ko’rgazmali idrok etishda rapidli tasvir deb ataladigan usul katta ahamiyatga ega. Bunda harakatlar yuqori tezlik bilan namoyish etiladi. Kinotasmadan olingan proeksiya ekranda kino tasvirining tezligidan ko’ra past tezlik bilan harakatlarni susaytirilgan holda ko’rsatadiki, bu uning barcha detallarini qarab chiqish imkonini beradi.

Tovush va yorug’lik signalizatsiyasi Tovushli va yorug’lik signalizatsiyasi harakatning boshlanishi va tugallanishi uchun eshitish va ko’rishning zaruriy mo’ljalini vujudga keltiradi. U harakatlar yo’nalishi amplitudasining muayyan ritm va tezlik darajasini tashkil qiladi. Bayroqchalar, qoziqchalar, tuproqdagi belgilar, metronom zarbasi va h.k. kabi signallarning oddiy o’xshash usullari, yugurish va uloqtirishning yo’nalishi va balandligini aniqlaydi. Bajarilayotgan harakat to’g’risida tez axborot olish uchun elektr nishon, elektrozvukoliderlar keng tarqalmoqda.
Tags