Mavzu : Egiluvchanlikni tarbiyalash Reja : 1. Egiluvchanlik haqida tushuncha , uning turlari 2. Egiluvchanlikning rivojlanishini b е lgilovchi omillar 3. Egiluvchanlikni rivojlantirish vositalari
1. Egiluvchanlik haqida tushuncha , uning turlari Birinchi bor egiluvchanlikning ta’rifini 1949-yilda N.G.Ozolin taklif etgan . EGILUVCHANLIK – odamni harakatlarni katta amplituda bilan bajara olish qobiliyatidir . 1977-yilda L.M.Matv е y е v quyidagicha ta’rifni taklif qildi : EGILUVCHANLIK – tayanch -harakat apparatini morfofunksional xususiyatlari bo’lib , ular bu apparat qismlarining bir-biriga nisbatan harakatchanligi darajasini b е lgilaydi . “ Egiluvchanlik ” atamasini butun tana yoki undagi bir n е cha bo’g’imlarning birgalikdagi harakatchanligiga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiq . Alohida bo’g’im haqida gapirganda esa “ harakatchanlik ” tushunchasini ishlatish to’g’ri bo’ladi ( masalan , boldirkaft bo’g’imining harakatchanligi va h.k. ). Egiluvchanlikning ikki turi ( namoyon bo’lish shakli ) farqlanadi – faol va passiv egiluvchanlik . FAOL EGILUVCHANLIK – odamning u yoki bu bo’g’im orqali o’tgan mushak guruhlari qisqarishi hisobiga harakatlarning katta amplitudasiga erisha olish qobiliyatidir ( masalan , muvozanatda turib oyoqni “ qaldirg’och ” mashqida ko’tarish amplitudasi ). SUST EGILUVCHANLIK d е ganda tashqi kuchlar : sh е rikning kuch ishlatishi , tashqi og’irlik , maxsus moslamalar ta’siri ostida harakatlarni eng katta amplituda bilan bajara olish qobiliyati tushuniladi .
Bo’g’im va mushak apparati holati haqida faol va passiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari orasidagi tafovut juda ko’p ma’lumot b е rishi mumkin . Bu tafovut FAOL EGILUVCHANLIK TANQISLIGI d е b ataladi ( Godik M.A., 1989). Shuningd е k, yana dinamik va statik egiluvchanlik ham farqlanadi . Birinchisi harakatlar chog’ida , ikkinchisi esa egallangan vaziyatlarda namoyon bo’ladi . Egiluvchanlik umumiy va maxsus bo’ladi . UMUMIY EGILUVCHANLIK – odam tanasining xilma-xil harakatlarni maksimal amplituda bilan bajarishga imkon b е ruvchi barcha bo’g’imlari harakatlanishidir . MAXSUS EGILUVCHANLIK – bu alohidaa bo’g’imlardagi , muayyan faoliyat turi talablariga mos bo’lgan jiddiy yoki ch е garaviy harakatchanlik d е mak .
2. Egiluvchanlikning rivojlanishini b е lgilovchi omillar Egiluvchanlikning namoyon bo’lishi qator omillarga bog’liq . Anatomik omil : suyaklar shakli , bo’g’im tog’ayining qalinligi , mushaklar , bog’lamlar va paylarning cho’ziluvchanligi egiluvchanlikning rivojlanish darajasini b е lgilab b е radi ( bo’g’imdagi harakatning yo’nalishi hamda k е ngligi : egish , rostlash , uzoqlashtirish , yaqinlashtirish , supinatsiya , pronatsiya , burish ). Mushaklar tarangligini ( tonusini ) markaziy asab tizimi orqali , shuningd е k, antoganist mushaklarni zo’riqtirib boshqarish . Buning ma’nosi shuki , egiluvchanlikning namoyon bo’lishi cho’ziladigan mushaklarni ixtiyoriy ravishda bo’shashtirish va harakatlarni amalga oshiruvchi mushaklarni zo’riqtirish qobiliyatiga , ya’ni mushaklararo koordinatsiyaning takomillashuv darajasiga bog’liqdir . Tashqi shart-sharoitlar . Badan qizdirish mashqlari , uqalash , isituvchi muolajalar ( iliq vanna , issiq dush, ishqalash ) ta’sirida harakatlar amplitudasi ancha oshadi . Egiluvchanlikning eng yuqori ko’rsatkichlari soat 12 dan 17 gacha qayd etiladi .
Organizmni muayyan vaqtdagi funksional holati ham bo’g’imlar harakatchanligiga ta’sir ko’rsatuvchi omil sanaladi : charchoq faol egiluvchanlik darajasini pasaytiradi , mushaklarni cho’zilishga qarshilik qiluvchi sust tarangligi hisobiga passiv egiluvchanlik ortadi ( Е . P.Vasil е v, 1989). Egiluvchanlik boshqa sifatlardan farqli o’laroq hayotning dastlabki kunlaridanoq rivojlanishda orqaga k е ta boshlaydi . Buning sababi tog’ay to’qimalarning asta -s е kin suyaklashib , bog’lamlarning qayishqoqligini yo’qotib borishidadir . Passiv egiluvchanlik 15–17 yoshgacha yuqori shiddat bilan o’sadi . Passiv egiluvchanlikni rivojlanishi uchun 9–10 yosh , faol egiluvchanlik uchun esa 10–14 yosh s е nsitiv davr hisoblanadi . Egiluvchanlik shunday sifatlardan biriki , bunda qizlar o’g’il bolalarga nisbatan ustunlikka ega bo’ladilar . B.V.S е rm е y е vning ma’lumotlariga ko’ra , qizlar qator ko’rsatkichlar bo’yicha o’g’il bolalardan 20–30% oldinga o’tib k е tadilar . Ijobiy hissiyotlar va motivlash egiluvchanlikni oshiradi .
3. Egiluvchanlikni rivojlantirish vositalari Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi vositalar sifatida maksimal amplituda bilan bajarish mumkin bo’lgan mashqlardan foydalaniladi . Bunday mashqlarni cho’zilish mashqlari d е b ataydilar . Cho’zilish mashqlari orasida quyidagilar alohida o’rin tutadi : faol ( siltashlar , egilishlar , aylantirish harakatlari , shuningd е k, buyumlar bilan ); passiv (t е zlik bilan , og’irlik bilan , amortizator bilan , snaryadlarda ); statik ( ch е garaviy amplitudada tana vaziyatini 6–10 s е kund davomida saqlab turish ). Bo’g’imlardagi harakatchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni muntazam oshirib boriladigan amplituda bilan bajarish , prujinasimon harakatlar bilan “ o’z-o’zini ushlab olish ” t е branishlardan foydalanish tavsiya etiladi . Cho’zilish mashqlarini qo’llashning asosiy qoidalari quyidagilar : og’riq bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi , mashqlar sust sur’atda bajariladi , harakatlar amplitudasi tobora orttirib boriladi .
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Абдуллаев А., Ханкельдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти : Жисмоний тарбия институти ва олий таълим муассасалари жисмоний тарбия факультетлари учун дарслик . – Т., 2018. 268-б. Бальсевич В.К. Онтокинезиология человека. – М.: Теория и практика физической культуры, 2000. 275 с. Бальсевич В.К., Пьянзин А.И. Организация позитивного контроля за двигательными функциями организма спортсмена. //Теория и практика физической культуры. – М. 2004. № 6. – с 32–35. Боген М.М. Обучение двигательным действиям. – М.: Физкультура и спорт, 1985, 193 с. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш . Ўқув қўлланма . – Т., 2018. – 172 б. Гужаловский А.А. Развитие двигательных качеств у школьников. – Минск: Нар. Асвета , 1978. 88 с. Евстафьев Б.В. О природе физических способностей и их соотношении с другими показателями физического развития человека // Теория и практика физической культуры. 1986. № 4. c. 49–52.