Mavzu . Logistik axborot tizim va texnologiyalari . Axborot oqimlari Reja: 1. Axborot oqimlarining tavsifi va mohiyati . 2. Axborot oqimlarining paydo bo’lishi . 3. Axborot oqimlarining tasnifi . 4. Axborot oqimlarining o’lchami va o’lchov birligi . 5. To’g’ri va qarma-qarshi axborot oqimlari . 6. Logistik axborot tizimini tashkil etish tamoyillari . 7. Lokal va regional logistik axborot oqimlar . 8. Logistik axborotga qo’yiladigan talablar . 9. Logistik axborot texnologiyalari .
Axborot — bu yetkazib berishlar zanjirining muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo’ladigan tayanch elementdir, chunki usiz menejerlar iste’molchilarga nimalar kerakligini, ularning talablarini qanoatlantirish uchun qanday zahiralar mavjudligini, mahsulotni qachon ishlab chiqarish kerakligi yoki qachon buyurtma berish kerakligini aniqlay olmaydi.
Logistikada axborot tushunchasi ko’p qirralidir. Bu axborot va telekommunikatsion tizimlar va texnologiyalar, global va mahalliy kompьyuter tarmoqlari, elektron biznes, elektron hujjat aylanmasi va hokazolardir. Logistikada axborot texnologiyalarining eng muhim mo’ljallanishlaridan biri — logistlarga ma’lumotlarni axborotga aylantirishga yordam berishdan iborat, ular bu axborotdan foydalanish bilan yetkazib berishlar zanjirlarida logistik jarayonlarni boshqarish bo’yicha yanada sifatliroq qarorlarni qabul qilishi mumkin bo’ladi.
Axborot oqimi — bu ko’rib chiqilayotgan logistik zanjirda moddiy oqimga va/yoki xizmatlarni taqdim qilish jarayoniga mos keladigan va boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish uchun mo’ljallangan og’zaki, hujjatli (qog’ozda yoki elektron ko’rinishda) va boshqa shaklidagi xabarlar va ma’lumotlar oqimidir. Axborot oqimlarining tasnifi 1 rasmda keltirilgan. Logistik operatsiyalar va funktsiyalarga nisbatan mos keluvchi operatsiyalar va funktsiyalarga hamrohlik qiluvchi axborot oqimlarini ajratish mumkin . Г.А.Саматов, Б.И.Камильджанов, Ф.Р.Галимова. Логистик бошқарув концепциялари ва моделлари. Т.: «Fan va texnologiya», 2015, 227 б.
Iste’molchilarning talablarini aks ettiruvchi axborot bozorning ma’lum bir segmentidagi iste’molchilarning sinflari va guruhlarini, har bir guruhga tovarlarni yetkazib berish sxemalarini, logistik servis va yetkazib berishlar zanjirini tashkil qilish va hokazolarni detallashtiradi. Ushbu qirqimda axborot oqimlarining tiplashgan elementlari 1 jadvalda keltirilgan. Ular axborot oqimlarining to’rtta guruhi – oziq-ovqat talablari, tayyor mahsulotning narxi, buyurtma berish va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berishni o’z ichiga oladi.
Axborot oqimlarining guruhlari Axborot oqimlarining elementlari Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida axborot Individual xaridorlar va xaridorlar guruhlarining o’ziga xos talablari. Mahsulotning assortimentiga qo’yiladigan talablar. Tovar guruhlari yoki konfiguratsiya standartlari. Tayyor mahsulotning sifati va logistik servis standartlari Narxlar to’g’risidagi axborot Tayyor mahsulotning raqobatli turlari va oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti uchun narxlar diapazoni. Etkazib berish shartnomalarining narxlarga taalluqli shartlari. Logistik servis, jo’natishlar hajmi, sug’urtalash, o’rash, markirovkalash va hokazolarga narx bo’yicha qo’shimcha chegaralashlar Buyurtma berish protseduralari to’g’risidagi axborot Distrib ’ yutsiya tarmog’ining ma’lum bir punktlari va savdo nuqtalarida tayyor mahsulotning bo’lishi talabi. Iste’molchilar buyurtmasining qiymati va tovarni sertifikatlashtirish. Tayyor mahsulotning alohida turi va assortimenti uchun buyurtmaning minimal kattaligi Buyurtmalarni yig’ish protsedurasi. Buyurtmalarni yig’ish uchun kommunikatsiya kanallari. Buyurtmalarning spetsifikatsiyasi va chastotasi. Buyurtmani qaytarish protsedurasi. Tayyor mahsulotni yetkazib berish to’g’risidagi axborot Buyurtma va uning tarkib toptiruvchilarini bajarish tsiklining davomiyligi. Tayyor mahsulotning buyurtma berilgan partiyalarini iste’molchilarga yetkazib berish chastotasi. Iste’molchilar tomonidan buyurtmaning olinish protseduralariga nisbatan qo’yiladigan talablar. Buyurtmani qaytarish protseduralari. Etkazib berish sifatiga qo’yiladigan talablar. Sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servisga qo’yiladigan talablar.
Axborot texnologiyalari umumiy ko’rinishda ma’lumotlar yoki axborotni avtomatik olish, saqlash, o’zgartirish, ko’chirish, nazorat qilish, almashtirish, ular bilan almashinish, ularni uzatish va qabul qilib olish sifatida ta’riflanadi. SHuningdek ko’pincha boshqacha ta’riflanishdan ham foydalaniladi: Axborot texnologiyalari — bu tovushli, ko’rinadigan, matnli yoki raqamli axborotni hisoblashlar kombinatsiyasi va uning asosida mikroelektronika telekommunikatsiyalar yordamida olish, ishlov berish, saqlash va tarqatishdir [70]. Axborot texnologiyalarining asosiy tarkibiy qismlari kompьyuterlar va telekommunikatsiyalar hisoblanadi.
Tizimga bog’lanishi bo’yicha axborot oqimlar gorizontal va vertikal ichki va tashki kiruvchi va chiquvchi tizimli va tizimsiz Informatsion logistikaning asosiy funktsiyasi – xujjatlashtirish tizimini yaratish sheriklar orasida o’zaro aloqa yuklarni yetkazib berish xabarnomasi barcha tizim faoliyatining o’zaro aloqasi Logistik oqimlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni tanlang moddiy , axborot , servis , moliyaviy moddiy, ma’naviy, kadrlar, transport moddiy, transport, servis, elektron transport, moliyaviy servis, kadrlar