MB_1-ma'ruzmmgujmgjgmgnhmnhghjmjhmhjmgja.pdf

zuli117 6 views 16 slides Sep 08, 2025
Slide 1
Slide 1 of 16
Slide 1
1
Slide 2
2
Slide 3
3
Slide 4
4
Slide 5
5
Slide 6
6
Slide 7
7
Slide 8
8
Slide 9
9
Slide 10
10
Slide 11
11
Slide 12
12
Slide 13
13
Slide 14
14
Slide 15
15
Slide 16
16

About This Presentation

jfmnjugmgumgu,mgu


Slide Content

DATABASE
Fan o‘qituvchisi:
Dots.Ibrohimova Z.E.

REJA:
1.Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha.
2.Ma’lumotlar bazasining asosiy terminlari.
3.Ma’lumotlar bazasiga qo‘yiladigan talablar.
4.Axborot tizimlari tushunchasi.

MA’LUMOTLAR BAZASI HAQIDA TUSHUNCHA
Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir.
Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lumotlarning xususiyatlari va ular o'rtasidagi
munosabatlarni tavsiflovchi, bir yoki bir nechta qo'llanish sohalarini qo'llab-
quvvatlaydigan kontseptual tuzilishga muvofiq tashkil etilgan ma'lumotlar to'plamidir.
Ma’lumotlar bazasi ma'lumotlar tuzilishiga muvofiq saqlanadigan ma'lumotlar
to'plami bo‘lib, ma'lumotlarni modellashtirish vositalari qoidalariga muvofiq amalga
oshiriladi.

MA’LUMOTLAR BAZASI HAQIDA TUSHUNCHA
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu ma'lumotlar bazalarini yaratish,
ularni yangilab turish va ulardagi kerakli ma'lumotlarni qidirishni tashkil qilish uchun zarur
bo'lgan dasturiy ta'minot va til vositalari to'plamidir.

Tizimlashtirilgan ma’lumot - ?
Aniq shakl, qoidalar asosida bog’langan ma’lumotlar, masalan:
ma’lumotlarning jadval, yozuv kabi tuzilmalari.
Tizimlashtirilmagan ma’lumot - ?
Aniq shaklga ega bo’lmagan yoki aniq “qolip” ga tushirib
bo’lmaydigan ma’lumotlar, masalan: ma’lumotlarning to’plam tuzilmasi
yoki matnli ma’lumotlar.
MA’LUMOTLAR BAZASI HAQIDA TUSHUNCHA

Ma’lumot – biror bir hodisa yoki voqelikni ifodalash uchun
qo’llaniladigan belgi yoki belgilar majmuasi.
Axborot – bu ma’lumotlarning ongimizdagi aksi.
Axborot – bu biron bir voqea va hodisa haqidagi batafsil
xabar, ma’lumot.

MA’LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY TERMINLARI

MA’LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY TERMINLARI
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar
bilan chambarchas bog‘liq.
Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u
axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni
tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
1-maydon
nomi
2-maydon
nomi
3-maydon
nomi
. . . N-maydon
nomi
Yozuv Yozuv Yozuv Yozuv Yozuv


Maydon turi, masalan, son (числовой), simvol (символьный), sana/vaqt (дата/время), mantiqiy (логический).
Maydon uzunligi (o‘lchami), masalan, eng ko‘p simvollar sig‘imi;
Maydon aniqligi, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik kasr qismini aks ettirish uchun o‘nlik
raqamdan to‘rtta.

Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga
kiruvchi maydonlar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida
elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning biror bir elementi haqida
to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.
Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U har bir
maydonda qiymatga ega.
Misol . STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini tavsiflashga
doir misolda ko‘rsatilgan.
MA’LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY TERMINLARI
Fayl nomi STUDENT
Maydon
Kalit belgisi
Maydon formati
Nomni belgilash To‘liq nomlanish Tip Uzunligi Aniqligi
Nomer Talaba reyting daftarchasi
nomeri
* simvol 10
Famil Talaba familiyasi simvol 10
Ismi Talaba ismi simvol 8
Ota.ismi Talaba otasi ismi simvol 10

Obyektlarni identifikatsiyalash uchun yoki boshqacha qilib aytganda
kompyuter xotirasida yozuvlarning o‘rnini aniqlashda ma’lumot elementi
ishlatiladi. Bu element kalit deb ataladi.
MA’LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY TERMINLARI
Asosiy
kalit
Tashqi
kalit

MA’LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY TERMINLARI
Tashqi kalit Birlamchi kalit
Tashqi kalit - bu ma'lumotlar bazasi
jadvalidagi ustunlar yoki ustunlar
guruhi bo'lib, ular ikki jadvaldagi
ma'lumotlar orasidagi bog'liqlikni
ta'minlaydi.
Asosiy kalit - bu ma'lumotlar jadvalining
maxsus relyatsion ustunlari yoki bir nechta
ustunlarning kombinatsiyasi bo'lib, bu
barcha jadval yozuvlarini aniqlash imkonini
beradi.
NULL
Tashqi kalit NULL qiymatini qabul qiladi.
Asosiy kalit qiymati NULL bo'lishi
mumkin emas.
Kalitlar soni
Jadvalda bir nechta tashqi kalitlari bo'lishi
mumkin.
Jadvalda faqat bitta asosiy kalit bo'lishi
mumkin.

MA’LUMOTLAR BAZASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ma'lumotlar bazasini loyihalashda ma'lumotlar bazasi bir qator talablarni qondirishi
kerakligini hisobga olish kerak. Bu quyidagi talablar:
1) Ma'lumotlar bazasining yaxlitligi – ya’ni ma'lumotlarning to'liq va izchilligiga
bo'lgan talab;
2) Ma'lumotlardan qayta foydalanish imkoniyati;
3) Foydalanuvchilarning talabiga binoan ma'lumotlarni tezkor qidirish va olish;
4) Ma'lumotlarni yangilash qulayligi;
5) Ma'lumotlarning ortiqchaligini minimallashtirish;
6) Ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish, buzish va yo'q qilishdan himoya qilish.

AXBOROT TIZIMLARI TUSHUNCHASI
Tizim (sistеma) dеganda, yagona maqsad yolida bir vaqtning ozida ham yaxlit, ham
ozaro boglangan tarzda faoliyat korsatuvchi elеmеntlar (obyеktlar) majmuasi tushuniladi.
Dеmak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yolida xizmat qiladi. Quyidagi
jadvalda elеmеntlari va asosiy maqsadi korsatilgan holda tizimlarga yana bir nеchta
misollar kеltirilgan.
№ Tizim turi Tizim elementlari Tizimning asosiy
maqsadi
1. Korxona Odamlar, qurilmalar,
materiallar, bino va h.k.
Mahsulot ishlab chiqarish
2. Kompyuter Elektron va elektromexanik
qurilmalar
Malumotlarni qayta
ishlash
3. Telekommunika
tsion tizim
Kommunikatsiya vositalari,
elementlar, aloqa kanallari,
qurilmalar
Aloqa kanallarini ozaro
boglash va malumot
almashinuvini taminlash
4. Axborot tizimi Kompyuterlar, kompyuter
tarmoqlari, odamlar, axborot,
dasturiy taminot va boshqalar
Axborotlarni
avtomatlashgan holda
qayta ishlash

AXBOROT TIZIMLARI TUSHUNCHASI
Axborot tizimi – bu bеlgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yigish,
saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning
o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni qayta
ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini hal qilish kiradi. Kompyuter
axborot tizimi bilan samarali ishlaydigan elektron qurilmadir.
Qollanish sohasiga ko‘ra axborot tizimlarining quydagi turlarini ko‘rsatish mumkin:
texnik axborot tizimlari;
iqtisodiy axborot tizimlari;
ijtimoiy sohalardagi axborot tizimlari va boshqalar.

AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI (AIS)
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AIS) - bu aloqa, hisoblash, tarqatish, qayta ishlash
va saqlash kabi muayyan ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarish uchun
tuzilgan kompyuter texnikasi, dasturiy ta'minot yoki uning har qanday kombinatsiyasining
birlashuvi.
Bunga kompyuterlar, matnni qayta ishlash tizimlari, tarmoqlar yoki boshqa elektron
ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlari va tegishli uskunalar kiradi. Boshqarishning axborot
tizimlari avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining keng tarqalgan namunasidir.

AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI (AIS)

Maydon uzunligi nima?
Obyektga tarif bering?
Obyеktlar attributlariga misollar keltiring?
MB administratori deganda nimani tushunasiz?
Ma’lumotlar banki tushunchasiga ta’rif bering.
Ma’lumotlar Bazasini ishlatish afzalliklari sanang.