The concept and system of private international law.pptx
asilbekroziboyev05
0 views
18 slides
Sep 27, 2025
Slide 1 of 18
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
About This Presentation
The concept and system of private international law
Size: 1.48 MB
Language: none
Added: Sep 27, 2025
Slides: 18 pages
Slide Content
Korporativ huquqning umumiy qoidalari Talaba ( magistr ): Asilbek Ro‘ziboyev ; Mutaxasisligi : Xalqaro biznes huquqi
Mavzu doirasida koʻriladigan masalalar 1. Korporativ huquq tushunchasi 2. Korporativ munosabatlar tushunchasi , subyektlari 3. Korporativ huquq prinsiplari 4. Korporativ huquq manbalari 5. Oʻzbek huquq doktrinasida korporatsiyalar 6. Rivojlangan huquq-tartibotlarda korporatsiyalar
ADABIYOTLAR Корпоративное право: учебник / Е.Г. Афанасьева, В.Ю. Бакшинскас, Е.П. Губин и др.; отв. ред. И.С. Шиткина. 2-е изд., перераб. и доп. М: КНОРУС, 2015. С. 9-77 Paul L. Davies, Sarah Worthington. Gower’s Principles of Modern Company Law 10th ed (eBook). Sweet & Maxwell Ltd. 2016. Суханов Е.А. Сравнительное корпоративное право. М. Статут 201 4.
Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi “ Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun (AJ toʻgʻrisidagi qonun ) “ Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonun (MCHJ qonun ) “ Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonun
KORPORATSIYA TUSHUNCHASI “ Korporatsiya ” soʻzi ( lotincha ) kishilar guruhi , ittifoqi , muayyan kasb yoki manfaatdagi kishilar birlashmasi maʼnolarida ishlatilgan . “ Korporatsiya ” tushunchasi lotinchada yuridik shaxsiyatni anglatuvchi “corpus habere” iborasidan kelib chiqqan . Bunday yuridik shaxs huquqi Rim imperiyasi davrida xususiy shaxslar birlashmalariga berilgandi .
O’rta asrlar : yakka tadbirkor , sheriklar ; 19 asr industrial revolyutsiya – cheklangan mas’uliyat va mustaqil javobgarlikka asoslanga tadbirkorlik subyektlari ; 20 asr - ommaviy ishlab chiqarish - katta korporatsiyalar - boshqaruv va egalikning bo’linishi , aksiyadorlarning ko’payishi va diversifikatsiya ; 21 asr moliyaviylashuvning kuchayishi - globallashuv va kapital oqimlari Tadbirkorlik subyektlari ( korporatsiyalarning ) ning rivojlanish tarixi
Kazus Fuqaro Salimov 2019 yil mart oyida avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasini ochdi va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Dastlabki oylarda moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lsa-da, oxirgi 2 yilda uning ishlari yurishib ketdi. Bu o‘z navbatida, mijozlardan kelib tushayotgan talablarni o‘z vaqtida amalga oshirishda hamda ish maydoning yetishmasligi kabi muammolarini vujudga keltira boshladi. Hozirda fuqaro Salimov o‘z biznesini kengaytirish va xodimlar sonini oshirish haqida o‘ylamoqda . Ammo unda qo‘shimcha bino va uskunalarni sotib olishga yetarlicha mablag‘i mavjud emas. Shu tufayli u advokatga muammoni samarali yechish yuzasidan murojaat etdi . Fuqaro Salimovga huquqiy masalahat bering.
Kontitental Yevropa huquqida korporatsiya tushunchasi Kontinental Yevropa huquqida korporatsiya sal kengroq maʼnoda tushuniladi . Unga koʻra korporatsiya deganda xoʻjalik jamiyalari AJ va MCHJ bilan birga shirkatlar ( xoʻjalik shirkatlari ), sheriklikka asoslangan boshqa birlashmalar ham tushuniladi .
O ‘zbek huquqida korporatsiyalar 1) korporatsiya yuridik shaxs sifatida e’tirof etiladi; 2) korporatsiya – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar birlashmasi hisoblanadi; 3) korporatsiya o‘z irodasiga ega; korporatsiyaning irodasi o‘z a’zolarining umumiy manfaatlari bilan belgilanadi; korporatsiyaning irodasi o‘z a’zolarining individual “irodasi”dan farq qiladi; 4) korporatsiya yuridik shaxs sifatida o‘z a’zoligidagi o‘zgarishlardan mustaqil bo‘lib qoladi; 5) korporatsiya – bu nafaqat ishtirokchilarning, balki ularning mol- mulklarining, ya’ni ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlar va paylarning birlashmasidir;
O ‘zbek huquqida korporatsiyalar 6) ishtirokchilar tomonidan korporatsiyaga qo‘shilgan mulk unga mulk huquqi asosida tegishli; 7) korporatsiya a’zolari korporativ munosabatlarning sub’ektlari sifatida korporatsiyaning o‘ziga ham va bir-biriga nisbatan ham huquq va majburiyat egalaridir; 8) korporatsiya – bu tashkiliy birlik bo‘lib, u boshqaruv organlarining mavjudligida ifodalanadi, ulardan eng oliysi a’zolarning (ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishi hisoblanadi.
Ingliz huquqida korporatsiya tushunchasi Ingliz huquqida korporatsiya Yevropadagidan boshqacha tushunilib , qoida tariqasida korporatsiyaning , aniqrogʻi tijratchi korporatsiya - business corporation ning 5 ta xususiyati koʻrsatiladi : (1) Mustaqil yuridik shaxsiyat ( legal personality ), (2) Cheklangan javobgarli k ( limited liability ), (3) Aylanuvchi hissalar / ulushlar ( transferable shares ), (4) Boshqaruv tuzilmalari timsolida markazlashgan boshqaruv organi ( centralized management under a board structure ) (5) Kapitaldagi hissadorlarning ulushli egaligi ( shared ownership by contributors of equity capital ).
Korporatsiya tushunchasi Korporatsiya – bu ishtirokchilikka ( aʼzolikka ) asoslangan , ishtirokchilarning manfaatlarini alohida organlar orqali boshqarish yoʻli bilan amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashkilotdir . Biroq yevropa huquqi va xususan oʻzbek huquqida korporatsiya atamasi normativ hujjatlarda deyarli ishlatilmaydi .
Korporativ huquq Korporativ huquq – bu korporatsiyalarni tashkil etish , ular faoliyatini amalga oshirish va ularni tugatish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yigʻindisidir .
Korporativ huquq ilmiy bilimlar sohasi Korporativ huquq ilmiy bilimlar sohasi sifatida korporativ normalar doktrinal tadqiqotlar , korporativ munosabatlar , korporativ normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning asosiy tushunchalari , prinsiplari , konsepsiya , nazariy va amaliy jihatlarini aks ettiradi
Korporativ huquqiy munosabatlar Korporativ huquqning predmeti korporativ huquqiy munosabatlardir . Korporativ huquqiy munosabatlar - korporatsiyani tashkil etilishi , faoliyat yuritishi va tugatilishi bilan vujudga keladigan huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlaridir .
Korporativ huquq manbalari 1. Konstitutsiya va qonunlar 2. Boshqa normativ hujjatlar ( Prezident hujjatlari , Hukumat qarorlari va hk .) Aniqlashtiruvchi 3. Korporatsiyaning ichki hujjatlari ( ustav , shartnoma ) 4. Ish muomalasi odatlari 5. Sudlarnig huquqiy pozitsiyalari