2 Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” nomli qissasini tahlil qilish metodikasi Supiyeva Buxolida
Tog‘ay Murod (1948-2003) — uning asl ism-sharifi Tog‘aymurod Mengnorov bo‘lib, Tog‘ay Murod adabiy tahallusidir. U 1948- yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xo‘ja Soat qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni 1966- yilda tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1994- yil yozuvchi Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika mukofoti sovrindori bo‘lgan, 1999- yil unga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni topshirilgan.
Tog‘ay Murod R espublika radiosida muharrir (1972-1976), “ O‘zbekiston jismoniy tarbiyachisi ” gazetasida tarjimon (1976-1978), “ Fan va turmush ” jurnalida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan (1982-1984). 1985-1987 - yillar Moskvadagi adabiyot institutida tahsil olgan . Ilk qissasi - “ Yulduzlar mangu yonadi ” (1976) orqali kitobxonlar orasida yetuk , o‘ziga xos yozuvchi sifatida tanilgan . Tog‘ay Murodning har bir yangi asari respublikaning adabiy hayotida muhim voqeaga aylanadi : “ Ot kishnagan oqshom ” (1979), “ Oydinda yurgan odamlar ” (1980) va “ Momo Yer qo‘shig‘i ” (1985).
Toshkent davlat universiteti ( hozirgi OʻzMU ) ning jurnalistika fakultetida (1967–1971), Moskvadagi Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi . Respublika radiosida (1972–1975), “ Oʻzbekiston fizkulturachisi ” gazetasi (1976–1978), “ Fan va turmush ” jurnalida (1982–1984) xizmat qildi . 1976 yili Togʻay Murodning “ Yulduzlar mangu yonadi ” degan ilk qissasi “ Sharq yulduzi ” jurnalida chop etilgach , kitobxonlar ogʻziga tushdi . Shundan soʻng birin-ketin “ Ot kishnagan oqshom ” (1979), “ Oydinda yurgan odamlar ” ( 1980), “ Momo Yer qoʻshigʻi ” (1985) kabi oʻzbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keldi . Ular yuksak baholanib , adib Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor boʻldi .
“YULDUZLAR MANGU YONADI” ASARI HAQIDA Ushbu qissa 1976 - yil yozilgan. Asarda kurash, kurashchi polvonlar, ular o ‘ rtasidagi munosabatlar xalqimizning azaliy urf odatlari, to ‘ y - hashamlari aks ettirilgan.
Asar bosh qahramoni – Bo ‘ ri polvon “YULDUZLAR MANGU YONADI”ASARI Bo ‘ ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo'lishi, or - nomus, vijdon, mardlik tuyg'ulari ulug'lanadi. Asarda Bo'ri polvonning samimiy muhabbati, bu muhabbatning do'sti Nasim tomonidan toptalishi ham aks etgan Ushbu qissada Bo ‘ ri polvon tilidan “ Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi. Farzandlar o ‘ zlari minayotgan mashinaga o ‘ xshaydi! Odam kim, mashina kim bilib bo ‘ lmay qolyapti ” - kabi jumlalar orqali hozirgi zamon va yoshlar haqidagi fikr mulohaza, tashvishlari bayon qilinadi.
Asarda Tog ‘ ay Murodgagina xos bo ‘ lgan o ‘ ziga xoslik
“Venn diagrammasi”
Bo ‘ ri polvon “Venn diagrammasi” Bir umr kuragi yerga tegmagan polvon - Bo'ri polvonning ilk mag ‘ lubiyati va undan so ‘ nggi kechinmalari sizni befarq qoldirmaydi. Ushbu asarda yigit kishi uchun mardlik, or nomus, qadr qimmat naqadar yuqori qiymatga ega ekani, insoniylik, tuyg ‘ ular sofligi, chin do ‘ stlik kabilar ulug ‘ lanadi.
Nasim “Venn diagrammasi” Asarda Nasim obrazi orqali sotqinlik, do ‘ stiga xiyonat, birovning tuyg'ulari ustidan kulish, sevgisini toptash kabilar aks etgan.
“YULDUZLAR MANGU YONADI” ASARI o‘quvchilarga nima beradi? Tog‘ay Murod ijodida nafaqat o‘quvchilar, balki hamma o‘rganishi lozim bo‘lgan yaxshi xislat, ibrat bo‘ladigan voqealar tasvirlariga keng o‘rin berilgan. Uning "Yulduzlar mangu yonadi" qissasi bolalarga oriyat, insoniylik, mardlik, insonlik sha'ni, yigitlik g‘ururini himoya qilishni, o‘sha g‘ururning chinakam bahosini bilishni singdiradi. Qissani boshlanishida yosh polvon Shukur kurashdagi raqibi Ermat bilan olishda yiqiladi. Asarning shu yerda ajoyib tasvir bor: Shukurga alam qildi. Ermatga qo‘lini musht qilib ko‘rsatdi. - Sen bilan yanagi to‘yda olishaman! - dedi. Ermat bakovul ro‘parasida o‘tirishi bilan bir talay bola chopib kelib yoniga cho‘kkaladi.
“YULDUZLAR MANGU YONADI” ASARI o‘quvchilarga nima beradi? Shukurga tarafkash bolalar bir-biriga so‘z bermay talashdi , bakovulga elandi : - Bova , Ermat polvon bilan meni olishtiring , u qalin oshnamni yiqitdi . - Yo‘q , Ermat polvon bilan men olishaman . Shukur xolamning uli ! - Bova , Ermat polvonga meni chiqaring , Shukur bizning hamsoyamiz !" Ko‘rinib turibdiki , ushbu qissa bolalarda oriyat to‘yg‘usini shakllantiradi . Kishida o‘z yaqinlari , xalqi , millati orini olishni , vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi . Men bizning xalqimiz kurash bilan shug‘ullansin , kurashimiz xalqaro arenalarga chiqsin degan maqsadda emas balki yaqinlarimiz uchun javobgarlik hissini tuyishni o‘rganaylik deb shu to‘xtamga keldim . " Yulduzlar mangu yonadi " orqali bolalarimizda ana shunday hislarni shakllantirmoqchi bo‘ldim . Bu birinchi jihati .
2-jihati: Ikkinchidan , uning kitoblari bolalarga o‘zbek tilini go‘zalligini namoyon etadi . Anovi tuxumdek silliq yozilgan asarlar voqealari qanday esimizdan chiqib ketsa , tili ham o‘quvchiga shunday yuqmaydi . Bu xildagi asarlar faqat xabar berish bilan cheklanib qolgan . Tog‘ay Murod asarlarining esa o‘z musiqasiga egaligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb qilayapti . U shunchaki til yoki axborot vositasi emas , balki musiqa vositasidir ham . Qolaversa , estetik funktsiyasi-da bor . Tog‘ay Murod prozasi she'r bilan bilan bitilgandek taassurot o‘yg‘otadi . Keyin Tog‘ay Murod asarlarida nafaqat tasvirlarni , qiyofalarni-da ko‘rishimiz mumkin . Odatda biz harflarni harflarga qo‘shib ma'no chiqaramiz . Uning asarlarini o‘qiyotgan vaqtimizda , ya'ni harflarni harflarga qo‘shganimizda musiqa taraladi . Ana shu bitta so‘zning vazifasi muloqot vositasi bo‘lsa , Tog‘ay Murod so‘zga bir qator qo‘shimcha funktsiyalarni yuklay oldi .
15 Nima uchun ? “ Yulduzlar mangu yonadi”qissasi darslikka kiritildi . Nima uchun ? Nima uchun ? Tog‘ay Murodnning “ Yulduzlar mangu yonadi ” qissasi
16 BO`RI POLVON NASIM POLVON
17 O ‘ qituvchi: Do‘stiga xiyonat qilgan , qishlog‘idan bosh olib chiqib ketishga majbur bo‘lgan , qasam ichib “ko‘r bo‘lay ” degan va oqibat ko‘r bo‘lib qolgan odam g‘olib bo‘ladimi ? Bo‘ri polvon zafar va mag‘lubiyatlarini izohlang . U qachon g‘alaba qozondi-yu , qachon “ yulduz sanadi ”? O ‘ quvchilar: Bo‘ri polvonning raqibini mensimaganda mag‘lub bo‘lgani va ko‘nglida kibr bo‘lmaganda g‘alaba qozonganini, albatta , tushunib yetishgan . Shu haqida ular fikri tinglangach , o ‘ qituvchi xulosalaydi : - Demak , insonda bir-biriga yaqin ikki tuyg‘u borki , ularning biri - kibr , biri esa - g‘urur . Ular o‘rtasidagi chegarani aniq belgilash qiyin,lekin kibr insonni odamlar nazaridan qoldirsa , g‘urur esa insonni ezgu ishlar sari qanotlantiradi . Dars yakunida: