4_mavzu_Kutubxona_va_muzey_–_talim,_tarbiya_va_axborot_makoni_.pptx

jaloliddingriezmann 66 views 16 slides Sep 13, 2025
Slide 1
Slide 1 of 16
Slide 1
1
Slide 2
2
Slide 3
3
Slide 4
4
Slide 5
5
Slide 6
6
Slide 7
7
Slide 8
8
Slide 9
9
Slide 10
10
Slide 11
11
Slide 12
12
Slide 13
13
Slide 14
14
Slide 15
15
Slide 16
16

About This Presentation

Mediasavodxonlik fanining 4-ma'ruzasi


Slide Content

Мavzu. Kutubxona va muzey – talim, tarbiya va axborot makoni . 1. Kutubxona inson evolyutsiyasida ta’lim, tarbiya va madaniyat o‘chog‘i. 2. Kitob, kitobxonlik va kutubxona - tushunchalari. 3. Kutubxona vazifalari. 4. Muzey o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik. 5. Muzeylar ilmiy ma’rifiy muassasa sifatida.

Maʼnaviyat  — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir.

Kichkina bo‘lsa ham, bog‘ing va kutubxonang bo‘lsa – sen boshqa hech narsaga muhtoj emassan. Siseron

Kutubxona inson evolyutsiyasida ta’lim, tarbiya va madaniyat o‘chog‘i Kutubxona  ( arab.   kutub  - "kitoblar",  fors.   xona  - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot  kitob ,  gazeta ,  jurnal ,  video - va  audiotasma ,  optik disk  va hk shaklda boʻlishi mumkin. Kutubxonalar tashkilot (jamoat) yoki jismoniy shaxs (shaxsiy kutubxona) tomonidan tashkil eti Kutubxona  — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. lishi mumkin Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qoʻlyozma va keyinchalik bosma kitoblarning koʻpayishi K.larning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. K.lar yo  Miloddan avvalgi 2-ming y.likda sopol bitiklari saqlangan K.lar boʻlgan. Miloddan avvalgi 7-asr oʻrtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, Qad. Misr va Rim ibodatxonalari qoshida K.lar boʻlgan. Qad. davrdagi K.lardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir.zma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo boʻlgan.

Ashshurbanipal kutubxonasi Dunyodagi eng qadimgi yirik saqlangan kutubxona Asuriya poytaxti Nineviyada 25 yil davomida podsho Ashshurbanapal buyrugʻi bilan tuzilgan (miloddan avvalgi VII asr). Shuningdek, davlat arxivi bo‘lib xizmat qilgan. Podshoh vafotidan soʻng jamgʻarmalar turli saroylarga tarqalgan. Kutubxonaning arxeologlar topgan qismi 25 000 — 30 000 klinopis matnli gil taxtalardan iborat. 19-asr oʻrtalarida kutubxonaning ochilishi Mesopotamiya madaniyatlarini tushunish va klinopisni shifrlash uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Kutubxonada tibbiy matnlar yig‘ilishi katta bo‘lgan (sehrgarlik yordamida davolanishga e’tibor qaratilgan), adabiy-epik hikoyalarning koʻplab roʻyxatlari, xususan, Gilgamesh haqidagi epos ibodatlar, qoʻshiqlar, yuridik hujjatlar (masalan, Hammurapi qonunlari), xoʻjalik va maʼmuriy yozuvlar, xatlar, astronomik va tarixiy mehnatlar, yozuvlar mavjud. Matnlar osiyo, bobil, akkad tili dialekti, shuningdek, shumer tillarida yozilgan. Ko‘plab matnlar shumer va akkad tillarida yozilgan shuningdek, bugungi kunda Ashshurbanipal kutubxonasi akkad tilidagi eng yirik matnlar yig‘inidir.

А LEKS А NDRIYA (ISK А ND А RIYA) KUTUBXON А SI llinizm davrida bunyod etilgan mashhur kutubxonalardan biri. А leksandriya (iskandariya) kutubxonasiga mil. av. 3 – a. da ptolemeylar sulolasi davrida yashagan atoqli olim va adiblar (Zenodot, А ristarx Samosskiy, Kallimax va b.) asos solgan. Bu yerda yunon fani va adabiyotiga doir ko‘plab qo‘lyozma asarlari to‘plangan. Bundan tashqari, Sharq tillaridagi kitoblar ham bo‘lgan. Kutubxona qoshida kitob ko‘chiruvchilar guruhi ishlagan, kutubxona katalogi tuzilib, u vaqt-vaqti bilan to‘ldirib turilgan. Kutubxonada 700 ming jildga yaqin kitob saqlangan. А leksandriya (iskandariya) kutubxonasi uch asr davomida rivojlanib bordi. Mil. av. 48—47 y. lar А leksandriya urushi davrida kutubxona asosiy to‘plamining bir qismi yonginda kuyib ketdi. Misrni Rim imperiyasi bosib olgach, А leksandriya kutubxonasi o‘z mavqeini yo‘qota bordi, qolgan qismi VII-VIII asrlarda tamomila tugatildi.

Boyazid davlat kutubxonasi, Istanbul Bino 1506 yil qurilgan bo‘lib, yo‘l bo‘yidagi karvonsaroy sifatida xizmat qilgan. Faqatgina 19 asr oxiriga kelib u davlat kutubxonasiga aylanadi. Yaqindagina arxitektura yodgorligini yangilash ishini Tabanlioglu studiyasining mutaxassislari o‘z bo‘yniga oldi va saqlanib qolgan mumtoz namuna bilan ozgina zamonaviy dizaynni uyg‘unlashtirdi.

Birmingem kutubxonasi, А ngliya Birmingem kutubxonasining tashqi ko‘rinishi metall to‘r bilan o‘ralgan juda ham qo‘pol, qaqshatqich bo‘lib ko‘rinadi. Biroq yorqin ranglar va toza chiziqlar bilan to‘ldirilgan inter ь er taassurotni mutlaqo o‘zgacha tomonga burib yuboradi.

Qirol Sejong, olim, maorif va taʼlimga katta eʼtibor bergan. U madaniy, iqtisodiy va ilmiy tadqiqotlarni ilgari surdi. U koreys yozuvi hanʼgulni yaratdi. Sejong shahrida joylashgan Milliy kutubxona Koreya milliy kutubxonasining birinchi filialidir O‘zining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish imkonini beradi. Shuningdek bino arxitektura dizayni koreyaliklarning o‘z qadimiy bino va inshootlarining dizaynini eslatad. Bu esa Koreya xalqining o‘z tarixini unutmaganligini va qadimiy arxitektura bilan xay-tek uslublarini uyg‘unlashtirib, yangicha yondashuvlardan foydalanishayotganligidan dalolat beradi. Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bag‘ishlangan kitoblarni o‘zida jamlagan zamonaviy maskan, balki kitobxonlar qulayligi uchun eng ilg‘or raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Bu yerda odamlar hamisha gavjum bo‘lib, foydalanuvchilar tashrifining keti uzilmaydi. Mahalliy aholi va talabalar uchun esa allaqachon sevimli maskanga aylanishga ulgurgan. Kutubxona ichida turli bo‘linmalarga bo‘lingan keng va yorug‘ zonalar mavjud bo‘lib, siz istalgan yerda kitob o‘qishingiz, ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin.

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi   Alisher Navoiy  nomidagi  Oʻzbekiston Respublikasi  davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo. Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir.

Muzey-yunoncha so‘z bo‘lib, muza, muzeun  so‘zidan kelib chiqqan. Muzeun – bu go‘zal buyumlar saqlanadigan joy degan ma’noni anglatadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar boʻyicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqot-maʼrifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida oʻziga xos laboratoriya vazifasini oʻtovchi) va oʻquv muzeyiga boʻlinadi. Sohalar boʻyicha tarix, qishloq xoʻjaligi, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid

Muzey o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik muzeylar dastlab antik davrda Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Yunonistondagi Gelikon tog’i yonida turli tasvirdagi yodgorliklar saqlanadigan joy muzeylarning ilk ko‘rinishlaridan biri hisoblangan. San’at, madaniyat va fanda erishilgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plash Yevropada Uyg‘onish davrida dastlab, Italiyada, so‘ng esa Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda an’anaga aylandi. Italiyada XV asrda moddiy-madaniy buyumlarni yig‘ish va namoyish etish ishlari aniq tizim asosida tashkil etilgan XVI-XVII asrlarga kelib, Fransiya, Angliya, Germaniyada ham muzeylar tashkil etish odat tusiga kirgan. 1753- yil ochilgan Londondagi “Britaniya muzeyi”, 1793- yil tashkil etilgan Parijdagi ”Luvr” muzeyi G‘arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar sanaladi. XIX asrga kelib dunyo miqiyosida ko‘plab yirik muzeylar vujudga keldi. 1819-yilda Madriddagi “Prado muzeyi”, 1873- yilda Moskvadagi “Tarix muzeyi”, 1852- yilda Sankt-Peterburgdagi  “Ermitaj”, 1870- yilda Nyu-Yorkdagi “Metropoliten” muzeylarini misol qilib keltirish mumkin. Toshkentda ilk muzey 1876- yilda ochilgan, u hozirgi “O’zbekiston  tarixi davlat muzey”idir.

Muzeylar tabiiyki, madaniy merosning ajralmas qismidir. Sayohatchilar qay o‘lkaga borar ekan, eng avvalo ularning muzeylarini tomosha qiladilar va shu orqali mamlakat tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bilan yaqindan tanishishadi. Quyida dunyo tan olgan eng ko‘hna besh muzey haqda ma’lumot beramiz Uffitsi muzeyi. Italiya (1575) Ushbu muzey Yevropa san’atini o‘zida aks ettiruvchi eng muhim va yirik inshootlardan biri sanaladi. Muzey Florensiyadagi saroyda joylashgan bo‘lib, u 1560-1581 yillarda qurilgan.   (Duchcho, Jotto, Uchchello, Pyero della Francheska, Bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Karavajo va boshqalar), antik sanʼat, fransuz, nemis, niderland, golland va flamand sanʼatining ajoyib namunalari saqlanadi. Yevropa rassomlarining avtoportretlari, ayniqsa, nodirdir.

Britan muzeyi. Britaniya muzeyi  — jahondagi eng yirik  muzeylardan ,  Londonda .  Yevropada  birinchi davlat muzeyi. 1753-yilda asos solingan, 1759-yildan ishga tushgan, Yevropa, Osiyo, Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar toʻplangan. Muzeyning etnografiya boʻlimidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari keng oʻrin olgan. Firdavsiyning Muhammad Joʻqiy tomonidan koʻchirilgan „Shohnoma“si, „Boburnoma“ning  qoʻlyozmasi (16-asr 2-yarmida koʻchirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va boshqa shu muzeyda saqlanadi. Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 milliondan ortiq kitob, taxminan 105 ming qoʻlyozma, taxminan 100 ming hartiya (qoʻlyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926-yildan muzey oʻz jurnalini nashr etadi.

Luvr Luvr  (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari, Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari, Yunon va Rim yodgorliklari, Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari , jahonga mashhur Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubenslarning nodir sanʼat asarlari toʻplangan.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi   1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil  Turkiston  ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan  Oʻrta Osiyo  Bosh muzeyiga aylantirildi. 1 943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi.
Tags