Malaneziya xalqlari etnologiyasi.pptxdvdfdfd

hangtgmama15 10 views 19 slides Oct 23, 2025
Slide 1
Slide 1 of 19
Slide 1
1
Slide 2
2
Slide 3
3
Slide 4
4
Slide 5
5
Slide 6
6
Slide 7
7
Slide 8
8
Slide 9
9
Slide 10
10
Slide 11
11
Slide 12
12
Slide 13
13
Slide 14
14
Slide 15
15
Slide 16
16
Slide 17
17
Slide 18
18
Slide 19
19

About This Presentation

dgsrghthdf


Slide Content

.PERFECT UNIVERSITY TALABASI;EGAMBERDIYEVA SHODMONOYNING Etnologiya TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI

Melaneziya xalqlari

Mavzu:Malaneziya xalqlari etnologiyasi REJA: Kirish Asosiy qism 1. Mikronziya xalqlarining an’anaviy turmush tarzi, xo‘jaligi va madaniyati. 2. Meloneziya xalqlarining an’anaviy turmush tarzi madaniyati . Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Melaneziya ( grekcha - jielag va vijoog - qora orollar ) - Tinch okeanidagi orollar guruhi bo'lib , unga Yangi Gvineya , Bismark arxipelagi , Yangi Gebrid , Santa- Krus , Loyalti va Solomon orollari , Fiji, Yangi Kaledoniya va boshqa mayda orollar kiradi . Melaneziya Avstraliyadan shimiliy sharqda joylashgan bo'lib , uning yer maydoni 940000 km2, aholisi - 6 mln . 500 ming (2012-yil) kishini tashkil qiladi.Tadqiqotchilarning fikricha , dastlabki odamlar Melaneziyaga ming yillar muqaddam kelgan . N. N. Mikluxa-Maklay fikricha , Avstroosiyo , shu jumladan , Melaneziya dastlab yagona « papuas irqi » aholisi tomonidan egallanib , keyin Okeaniyaga tarqalgan . Bugungi kun olimlari ham mazkur fikrni davom ettirib , o‘zaro yaqin antropologik tiplarning uzoq davr ichida davom qilgan migratsiyasi natijasida hozirgi aholi tipi paydo bo'lgan , deb tasdiqlamoqdalar . 0 ‘ ziga xos til , madaniyati va antropologik tipi bilan ajralib turgan Melaneziya aholisi bunga dalil bo'la oladi .

KIRISH Melaneziya xalqlari etnologiyasi insoniyat tarixida muhim o‘rin tutadigan mavzulardan biridir. Melaneziya Tinch okeanining janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan orollar majmuini qamrab oladi va bu hudud qadimdan o‘ziga xos madaniy, ijtimoiy hamda etnik xilma-xilligi bilan mashhurdir. Hudud aholisi asosan papuas va melaneziya xalqlaridan iborat bo‘lib, ularning urf-odatlari, turmush tarzi, diniy qarashlari va ijtimoiy tuzilmalari antropologlar va etnologlar uchun qiziqarli tadqiqot obyekti bo‘lib kelgan. Melaneziya xalqlari o‘zining qadimiy marosimlari, ibtidoiy diniy qarashlari, totemizm va animizm unsurlarini saqlab qolganligi bilan ajralib turadi. Ularning ijtimoiy hayoti, iqtisodiy faoliyati (ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik) va an’anaviy xo‘jalik tizimlari orqali insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarini o‘rganish mumkin. Shuningdek, Melaneziya xalqlarining til boyligi ham alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, yuzlab kichik tillar mavjudligi etnolingvistika uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism 1. Melaneziya hududi va aholisi Melaneziya Tinch okeanining janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, Yangi Gvineya, Solomon orollari, Vanuatu, Fiji va boshqa kichik orollarni qamrab oladi. Hudud aholisi asosan papuas va melaneziya xalqlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning tashqi qiyofasi, antropologik belgilarida o‘ziga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. 2. Iqtisodiy faoliyati Melaneziya xalqlarining asosiy mashg‘uloti – baliqchilik, ovchilik va dehqonchilik . Ular yerning unumdorligidan foydalanib, ildizmevalar (yam, taro), banan, kokos va boshqa o‘simliklarni yetishtirishgan. Ijtimoiy hayotda tabiat bilan uyg‘unlikda yashash muhim rol o‘ynagan. 3. Ijtimoiy va oilaviy tuzilma Melaneziya xalqlari urug‘-qabila asosida yashagan. Urug‘ boshlig‘i (lider) jamiyat hayotida muhim rol o‘ynagan, u diniy marosimlarda ham yetakchilik qilgan. Qabila a’zolari o‘rtasida totemizm va qarindoshlik aloqalari asosiy ahamiyat kasb etgan.

4. Madaniyati va urf-odatlari Melaneziya xalqlarining diniy qarashlari animizm va totemizm asosiga qurilgan. Marosimlar, raqslar, diniy o‘yinlar, ruhlar bilan bog‘liq e’tiqodlar keng tarqalgan. UlarninQg san’ati asosan haykaltaroshlik va niqoblar yasash orqali namoyon bo‘ladi. Bu buyumlar diniy marosimlarda ishlatilgan. 5. Til va etnolingvistika Melaneziya xalqlari juda ko‘p tillarda so‘zlashadi. Yuzlab kichik tillar mavjud bo‘lib, ular asosan papuas va austrones tillariga mansubdir. Til xilma-xilligi Melaneziya xalqlarining qadimiy tarixini va uzoq davrlardagi ajdodiy aloqalarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.

Melaneziyaliklar - xalqlar guruhi ( eng yiriklari : fi- jiylar , kanaklar va boshqa ). Melaneziyaning tub aholisi melanez tillari guruhida so'zlashadi . Dindorlari - protestantlar , katoliklar ; an’anaviy diniy e’tiqodlar - ga sig'inuvchilar ham bor. Ular o‘ziga xos melaneziya irqiga mansub bo‘lib , mazkur irq - katta ekvatorial (negro- avstraloid ) irqning tarmog‘iga kiradi . Ko‘p belgilari bilan ( yuz tukla - rining ko'pligi , qosh usti Yangi Giveneya suyagining o‘sganligi bilan papuasi farqlanadi . XIX asrdan boshlab Polineziyaning deyarli barcha orollarini Yevropa mamlakatlari bosib olganligi bois bu yerda fransuz va ingliz tillari ona tili yoki davlat tiliga aylangan . Misol uchun , Meleneziyada yangi so‘zlashuv va keyinchalik yozma tillar , jumladan , pi- jin tili shakllangan . Chunonchi , bu til avvallari ingliz va fransuz tillarining buzilgan shakli bo'lgan bo‘lsa , hozirda mustaqil yangi tilga aylangan va o‘z alifbosi , adabiyotiga ega bo‘lib , qator mamlakatlarning hatto davlat tiliga ham aylangan

Xo‘jaligi . Mustamlaka arafasida papuaslar va melaneziyaliklar xo'jalik jihatdan deyarli bir darajada turganlar . Ularning xo‘jaligida eng bosh soha tropik tipdagi dehqonchilik va dengiz baliqchiligi bo‘lgan . Tirikchilik , asosan , dehqonchilik mahsulotlari - ildiz mevali o‘simliklar va mevali daraxtlar o'stirishdan iborat bo‘lgan . Quruq joylarda emas , namroq yerda taro, kokos xurmasi , non daraxti , banan , keyin paydo bo'lgan kofe , kakao , sholi , choy va hokazo hozirgacha ham asosiy ekinlar hisoblanadi .

Yil bo‘yi yerga ishlov berilib , tropik iqlimga xos ekin ekilgan . Yerni oddiy yog‘och bilan kovlab , kesagini yog‘och bel bilan hamda qo'lda maydalangan va urug ‘ sochilgan . Yerga ishlov berishda erkak-ayol teng ishlagan . Ekish , yaganalash va yig‘im-terim , asosan , ayollar zimmasida bo'lgan . Sohillarda yashovchi baliqchilar bilan savdolashib dehqonchilik mahsulotlarini ayirboshlaganlar . Baliq ovlash bilan erkaklar shug'ullangan . Baliqchilikda suyak va chig‘anoqdan yasalgan turli qarmoqlar , to‘r va savatlar , eni ikki metr , uzunligi 300 metrli to‘rlar , sanchqi va hatto o‘q-yoylardan foydalanilgan . Chor - va kam bo‘lib , uy hayvonlaridan it, cho'chqa , tovuq saqlangan va ularni , asosan , bayramlarda so‘yganlar . Goshtni « yer o‘chog‘ida » toshni qizdirib yoki olov yoqib kulida pishirganlar , ba’zan qaynatib ham yeganlar .

Melaneziyaliklar va papuaslar , asosan , o‘troq bo‘lib , urug ‘ jamoa shaklida kichik qishloqlarda istiqomat qilganlar . Ularning uylari,odatda , har xil tipdagi yengil ustunlarga qurilgan , to‘g‘ri burchak yoki doirasimon shaklda cho'qqaytiril - gan bo‘lib , tomlari palma yoki daraxt yaprog‘i bilan qalin qilib yopilgan . Sohillarda ba’zan qoziqoyoqlar o'rnatilgan uylar ham bo‘lgan . Oddiy turar uylardan tashqari har bir qishloqda erkaklar bo‘sh vaqtlari - da to‘planadigan , ba’zan turli naqshlar bilan beza - tiladigan hashamatli jamoa uyi (« erkaklar uyi ») qad ko‘targan . An’anaviy transport vositasi kema bo‘lgan . Ular bir-ikki odam sig‘adigan qayiqchadan tortib 40 taga yaqin odam sig'adigan yog‘och kemalargacha ega bo‘lganlar . Kemalar eshkakli va ba’zan uchburchakli chipta yelkanli bo‘lgan .

Kiyim-kechaklari . Papuas va melaneziya - liklarning kiyimlari , tropik iqlimga moslashgan bo‘lib , asosan , erkaklar fartukli belbog ' va ayollar esa o‘simlikdan tikilgan kalta yubka , ba’zi joylar - da yaqin davrlargacha tayloq ham kiyib yurishgan . Qattiq yog‘ingarchilik vaqtlarida qalin yaproqlardan yoping‘ich shaklida tikilgan kiyimni yelkaga yopib yurganlar . Ammo kiyimlarga nisbatan turli bezaklar ko‘p bo'lgan . Ayniqsa , erkaklar bezaklarni ko'proq os - gan , sochlarini turli xilda taragan . Bambukdan yoki cho‘plardan taroqlar yasab , ba’zan ularni ham bezak sifatida ishlatganlar .

Mikroneziya . Mikroneziya , asosan , marjon va vulqonlardan paydo bo‘lgan juda ko‘p kichik orollar - dan iborat . Bunga Tinch okeanining g‘arbiy qismi - da joylashgan Marshall, Karolin, Marian orollari va Gilbert arxipelagi kiradi . Nihoyatda keng hudud (14 mln . km. kv )da tarqoq joylashgan mazkur orollarning umumiy maydoni 3,5 ming km2 ga ham yetmaydi . Ammo geografik mavqei nuqtai nazardan Mikroneziya Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan Polineziya va Melaneziya orolig‘ida joylashganligi juda qulay .

Aholisi soni - 200 ming kishi atrofida bo‘lib , yuz yil awal bir necha o‘n xalqlardan iborat bo‘lgan . Aynan mazkur hudud etnomadaniy jihatdan ham rang- barang bolganligi bois etnologlar ikki viloyatga : G'arbiy Mikroneziya (Marian, Yap, Palau orollari ) va Sharqiy Mikroneziya ( Mariq va Gilbert orollari ) ga bo‘lishadi . Karolin orollari madaniyati esa o‘rtaliqni tashkil qiladi . Bu hudud madaniyatida Indoneziya va Filippin ( Mariansdagi sholi bilan bog'liq madaniyat , hunar - mandchilik , to‘qimachilik va boshqa ) Okeaniyaga xos bo‘lmagan noyob ko‘rinishlar uchraydi . Sharqiy Mikroneziya tili va madaniyatiga ko‘ra Polineziyaga yaqin hisoblanadi .

Antropologik jihatdan Mikroneziya aholisi melaneziyalik va polineziyaliklarga yaqin mongoloid va negroid irqining aralashmasidan paydo bo'lgan tip- dir. Ular o‘rta bo‘yli , jigarrang tanli va bir oz jingalak sochli . G‘arbiy Mikroneziyada mongoloid qo‘shimcha - si borligi seziladi

Mikroneziyaliklarning xo‘jaligida serunum yer - lar kam bo‘lganligi tufayli faqat kokos palmasi , shakarqamish , non daraxti o‘stiriladi . Aholisi , asosan , baliqchilik bilan kun ko'radi . G‘arbiy Mikroneziyada sug‘orish dehqonchiligi asosiy rolni o‘ynasa , sharqiy qismida baliqchilik eng muhim soha hisoblangan .

Xulosa Melaneziya xalqlari etnologiyasi insoniyat tarixining qadimiy bosqichlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Ularning qabilaviy tuzumi, diniy marosimlari, animizm va totemizmga asoslangan e’tiqodlari, shuningdek, san’ati va til xilma-xilligi jahon etnologiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Melaneziya xalqlarining iqtisodiy hayoti – baliqchilik, ovchilik va dehqonchilik – ibtidoiy jamiyat rivojlanish jarayonlarini yoritishda muhim dalillar beradi. Shunday qilib, Melaneziya xalqlari madaniyati va urf-odatlari insoniyatning madaniy merosida alohida o‘rin tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Аристов Н.А. Этнографические очерки народов Тихого океана . – Москва: Наука, 1985. Бернард Б. Народы Меланезии: культура и традиции . – Санкт-Петербург, 1992. Жуков В.И. Этнология Океании . – Москва: Восточная литература, 2001. Соловьёв А.П. История и этнография Океании . – Москва: Наука, 2010. Kaeppler A. Pacific Arts and Cultures . – Honolulu: University of Hawaii Press, 1997. Kirch P. On the Road of the Winds: An Archaeological History of the Pacific Islands . – Berkeley: University of California Press, 2000. Spriggs M. The Archaeology of Melanesia . – Cambridge: Cambridge University Press, 2018. Интернет манбалари: Britannica Online, ResearchGate, Wikipedia (Melanesia bo‘yicha maqolalar).

E’tiboringiz uchun rahmat